S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

shuningdek, 
zo‘r mahorat 
bilan 
ishlangan 
idish-tovoq, 
tobut,
haykalchalar, devoriy naqshlar bo‘lgan.
Bino devorlaridagi arfa chalayotgan ayol va qo‘sh baraban
chalayotgan erkak kishi, shuningdek, qisiq ko‘zli, qulog‘iga sirg'a
taqqan, gulli ko‘ylak kiygan ayol rasmlari alohida e’tiborga loyiqdir.
Saroy zallarida devoriy rasmlar bilan bir qatorda, ganchdan
tayyorlangan releflar, haykallar uchraydi, shu o‘rinda, qal’a xonalarining
biridan topilgan «Erkak boshi haykali» diqqatga sazovordir. G‘alaba
zalidagi bir gorelefda shoh va uning atrofida ayollar aks ettirilgan,
boshqa xonadagi releflarda kiyik, anor, uzum daraxtlari o‘z ifodasini
topgan.
Tuproqqal’a 
0 ‘rta 
Osiyoda 
nodir 
yodgorliklardan 
biri
hisoblanadi, 12 m. balandlikka ega bo‘lgan sun’iy tepalik ustiga
qurilgan, to‘rtburchak shaklida bo‘lib, 500-350 m maydonni egallaydi.
Qal’aning shimoli-g‘arbidagi burchak tomonda Xorazm shohlarining
saroylari joylashgan. Saroyning uch minorasi butun qal’a ko‘rinishiga
salobatlik baxsh etgan. Saroy xonalari haykaltaroshlik va rangtasvir
bilan bezatilgan. Loydan yasalgan haykallar devor bo‘ylab yasalgan
supachalarga o‘matilgan. 0 ‘tirgan holda tasvirlangan podsholar (natural
o‘lchamdan ikki marta katta), yon tomondan turgan holda tasvirlangan
erkak, ayol va bolalarning haykallari qo‘yilgan. «Suvoriylar (jangchilar)
90
www.ziyouz.com kutubxonasi


zali» deb nomlangan xona devori oldida esa qo‘lida qurol ushlab turgan
jangchilar haykali o‘rnatilgan. «Qayiqlar zali» deb nomlangan xonada

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin