80
quyidagi telefon raqamlari orqali yuborsa bo‘ladi ............................................. Firma
sizni
quyidagi
soha
bo‘yicha
hamkorlik
qilishga
taklif
qiladi....................................................
Taqdimot yaxshi chiqishi mutaxassislarni jalb qilmoq darkor. Avvalambor
taqdimotning joyi va vaqti belgilanadi. Undan so‘ng ssenariy ishlab chiqiladi.
Taqdimotning vaqti odatda 1,5
2 soatdan oshmaydi. Uni tushlikdan so‘ng, soat 15
larda o‘tkazgan yaxshi (17.00-19.00). Odatda taqdimotni
tashkilotning tashqi savdo
xizmatining boshqaruvchilaridan biri ochadi. Aynan u tashkilotning barcha
rahbarlarini tanishtirib chiqadi. So‘ng esa film (10-15 daqiqa) ko‘rsatiladi va
tashkilotning faoliyati haqida, uning eksport qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot
beriladi (30 daqiqadan oshmasligi lozim). Qolgan vaqt esa savollarga javob berish
uchun ajratiladi. Taqdimot o‘tayotgan joy turli xil reklama to‘ldirilgan plakatlar,
stendlar bilan bezatiladi. Taqdimot qatnashchilariga firmadan esdalik sifatida
suvenirlar taqdim etiladi. Reklama sovg‘alari sifatida
odatda unchalik qimmat
bo‘lmagan narsalar: yon daftarchalar, taqvimlar, avtoruchkalar, kuldonlar,
zajigalkalar, ko‘krak nishonlari,
futbolka, bosh kiyim va h.k. hadya qilinadi. Bu
narsalarga firmaning nomi, ba’zida esa uning manzili va faoliyatining xususiyati
yoziladi.
Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi hisoblanadi.
Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi xaridorni mahsulotning sifatli
ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga
potensial mijozlarni jalb
qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab ko‘rishda, kiyimlarni kiyib
ko‘rishda, materiallarning mustahkam ekanligini ekspertiza orqali sinab ko‘rishda
qatnashish va h.k. bo‘lishi mumkin. Mijoz tovar bilan shahsan tanishib, qo‘l bilan
ushlab ko‘rish imkoniga ega bo‘lsa, unda onglanmagan
tarzda firmaga nisbatan
ishonchi orta boradi. Po‘stinning yumshoqligini, matoni chidamli ekanligini yoki
kompyuterdagi matn tahriri bilan ishlashning qulayligini his qilishi orqali paydo
bo‘lgan taassurotni mustahkamlovchi hissiy belgilalar hamma joyda o‘zini namoyon
qiladi.
Dostları ilə paylaş: