(linked image).
CorelDrawning standart obyektlari ham mavjud, ular orasida murakkablari
ham birqanchadir. CorelDrawda matnlar bilan ishlash matn redaktorlariga teng
keladi desa bo’ladi. Bir qancha afzalliklar matnli hamda rasmli tasvirlar yaratish
imkonini beradi. CorelDrawda har xil tasvirlar, ya’ni clipartlar mavjudligi tufayli
foydalanuvchi osonlikcha ulardan foydalanib, matnlar bilan bezab, tayyor
illyustratsiyalar yaratish mumkin. CorelDrawning ishlash prinsiplari quyidagilardan
iborat:
* Matn kiritish va formatlash;
* Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish;
* Har qanday obyektni sozlash, unga tus berish, shaklini o’zgartirish; Tayyor
tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish;
* Tasviriy effektlar berish;
* Obyektlarni to’g’ri joylashtirish.
31
25-rasm. Effektlar.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi.
2. Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar.
3. Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo’llari.
4. Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug’i.
5. CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o’zgartirish.
6. Импортировать (Import) ro’yxatidan foydalanish.
Kontur chiziqlar chizish. Tekis ikki o‘lchamli shakllar chizish usullari.
CorelDRAW dasturida uskunalar panelida kontur chiziqlar chizishning bir
necha turlari mavjud.
Указатель
(Pick) uskunasi dasturning asosiy asboblaridan biri bo’lib,
uskunalar panelining birinchi elementidir. Bu uskuna tanlanganda sichqoncha
ko’rsatkichi qora strelka ko’rinishiga o’tadi. Bu uskunaning asosiy funksiyasi obyektni
belgilash va siljitishdir (26-rasm).
26-rasm. Указатель
32
Obyektlarni belgilashning ikki usuli mavjud. Obyekt ustiga sichqoncha chap
tugmasini bosish yoki ular ustida belgilash chegarasini tortish. Birinchi holatda bir
nechta obyektlarni belgilash uchun
Shift
tugmasini bosib turish kerak. Agar
belgilangan obyekt ustida
Shift
tugmasini bosilgan holda yana sichqoncha tugmasi
bosilsa bu obyektning belgilanishi bekor qilinadi. Guruh tarkibiga kiruvchi obyekt
ustida Ctrl tugmasini bosib turib sichqoncha tugmasi bosilsa, elementni bu guruhini
buzmasdan belgilash mumkin bo’ladi.
Belgilangan obyekt yoki obyektlar guruhi atrofida qora rangdagi markerlar
ko’rinadi. Belgilangan obyekt geometrik markazi maxsus belgi bilan ifodalanadi (27-
rasm).
27-rasm. Obyekt atrofidagi qora rangdagi markerlar
Agar bu markerlarni sichqoncha chap tugmasini bosib tortisa obyekt
kattalashadi yoki kichiklashadi. Burchakdagi markerlar obyekt o’lchamlarini uning
proporsiyalarini saqlagan holda o’zgartirsa, yon tomondagi markerlar uning
kengligini, past va yuqoridagilari uning balandligini o’zgartirish imkoniyatini beradi.
33
Ayni vaqtda belgilangan obyekt va obyektlar ustida sichqoncha chap tugmasi
bosilsa, bu obyekt markerlari ko’rinishi quyidagicha o’zgaradi (28-rasm).
28-rasm. O’zgargan markerlar yordamidagi figurani burish va egish
Vektorli egri chiziqlar shaklini o’zgartirish uchun qo’llash mumkin bo’lgan
uskunalardan iborat bo’lgan guruh
(Изменение формы)
.
Форма (Shape) uskunasi alohida tugunlar va segmentlarni o’zgartirish
yo’li
bilan
figuralar
shaklini
o’zgartirish
imkoniyatini
beradi.
Bunday
figuralartugunlar va ularni tutashtiruvchi segmentlardan tashkil topadi. Bu uskuna
tanlanganda obyektlarda paydo bo’ladigan tugunlar, markerlar yordamida ularning
shakllarini o’zgartirish mumkin. Shuningdek bu uskuna obyektlarga tugunlar qo’shish
va ularni o’chirish imkoniyatini beradi. Tugun qo’shish uchun figura segmenti
(Chizig’i) ustida sichqoncha tugmasi bosiladi va bunda nuqta paydo bo’ladi.
Klaviaturadan “
+
” klavishi yordamida bu nuqtani tugunga almashtirish mumkin.
Tugunni o’chirish uchun uni tanlab
Delete
yoki “
–“
tugmalari bosiladi (29-30
rasmlar).
Bu asbob tanlanganda murakkabroq amallarni bajarish uchun obyektlar ustida
34
o’ng tugma yordamida o’qiladigan kontekstli menyudan foydalanish mumkin.
29-rasm. Forma uskunasi yordmida qo’shimcha nuqta hosil qilish yoki mavjudlarini olib tashlash
30-rasm. Forma uskunasi yordamida qo’shimcha qirra hosil qilish
35
Сглаживание
(Silliqlash) uskunasi orqali chizilgan tekis shakllar
qirralarini silliqlash mumkin. Bunda tekis shakllar tanlanib silliqlash uskunasidan
foydalanib tekis shakllarning qirrasiga ustiga sichqoncha tugmasini bosgan holatda
sichqoncha qirra ichi tomoniga harakatlantirib keyin qoyib yuborilsa, qirra
silliqlanadi (31-rasm).
31-rasm. Сглаживание
Мастихин
(Paletli pichoq)
Obyektning chetlarini kontur bo’ylab sudrab
o’zgartirish (32 rasm).
32-rasm. Мастихин
36
Воронка
(O’rama) Obyekt konturi bo’ylab sichqonchani bosib sudrab
aylanish effektlarini qo’shish (33-rasm).
33-rasm. Воронка
Притягивание и Отталкивание
(Bo’rttirish va Jozibadorlik)
Tugunlarni aktiv holatda obyektlarni qayta shakllantirish, shakllarini o’zgartirish (34-
rasm).
34-rasm. Притягивание и Отталкивание
37
Размазывающая кисть
(Smudge Brush)uskunasi yuqoridagi uskuna
kabidir. bu asbob yordamida tashqaridan figura ichiga tortilsa figura shakli
“eziladi”, ichkaridan tashqariga tortilsa “bo’rtadi” (35-rasm).
35-rasm. Размазывающая кисть
Грубая кисть
(Qo’pol mo’yqlam)
Kontur bo’ylab sudrab, obyektning
chetini buzib ko’rsatish (36-rasm).
36-rasm. Грубая кисть
38
Yuqoridagi barcha amallar CorelDRAW dasturi uskunalar panelining quyidagi rasmidagi
(shaklarni o’zgartirish, tahrirlash) uskunlardan foydalanib bajarildi (37-rasm).
37-rasm. Shaklni o’zgartirish uskunalari
Масштаб
(Masshtab) Obyektlrni kattalashtirish yoki kichraytirib ko’rish.
Dostları ilə paylaş: |