О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
 1. Tasvirlarni arxivlash qanday bajariladi.
2. Ikki o’lchovli grafika turlari.
3. Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish usullari.
4. Vektorli grafika elementi.
5. Rastrli grafika elementi haqida tushuncha.
6. Rastrli grafika zichligi nima va qanday birlikda o’lchanadi. 
7. Tasvirni saqlashning qanday format turlarini bilasiz. 


10 
 
3-rasm. Tasvir formatlari. 
 
CorelDraw dasturiy paketining xususiyatlari 
1987 yilda Corel muhandislari Mishel Bouillon va Pat Byrne o’zlarining ish 
stoli nashriyot tizimlari bilan birlashtirish uchun vektorga asoslangan illyustratsiya 
dasturini ishlab chiqishni o’z zimmalariga oldilar. Dastlab CorelDraw dasturi 1989 
yilda chiqarilgan.
Agar siz rasm chizishni yoki tashrif qog’ozini, bannerlarni, afishalarni va 
boshqa vizual mahsulotlarni yaratishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, Corel Draw-dan 
ishonchli foydalanishingiz mumkin. Ushbu dastur sizga xohlagan narsangizni 
chizishga va bosib chiqarish uchun sxemani tayyorlashga yordam beradi. 
4-rasm. CorelDRAW dasturi logotipi 


11 
CorelDraw dasturi ishga tushirilgandan keyin ekranda CORELDRAW dasturiga 
XUSH KELIBSIZ (welcome to Corel DRAW) so’zi nomayon bo’ladi va dasturni ishga 
tushirishning bir nechta variantlarini tanlashni so’raydi: Yangi hujjat (New Graphic), 
oxirgi ishlangan hujjatni ochish (Open Last Edited), hujjatni ochish (Open Graphic), 
tayyor shablonlarni ochish (Template), dastur o’rgatuvchini ishga tushirish 
(CorelTUROR). Yangi hujjatni yaratish uchun menyuning Fayl (File) va Yangi hujjat 
buyrug’i (New) yoki uskunalar satridagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish 
uchun menyuning Fayl (File) va Ochish (Open) buyruqlari yoki uskunalar satridagi 
maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. CorelDRAW dasturida bir vaqtning 
o’zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak 
bo’lmagan hujjatlarni yopib qo’ysa ham bo’ladi. Bu esa, menyuning Fayl yopish 
(Close) buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. 
 
 
5-rasm. CorelDRAW 2021 dasturining ishga tushurgandai korinishi 


12 
 
CorelDRAW dasturini o’rganishning eng samarali usuli bu -dasturda ko’proq 
amaliy ish bajarishdir. Dasturni endi o’rganishni boshlagan foydalanuvchilar katta 
miqdordagi murakkab ma’lumotlarni o’zlashtirmasdan ham ushbu grafik dasturdan 
oson foydalana olishi mumkin. 
 
Corel kompaniyasi CorelDRAW Graphics Suite dasturlar to’plamini 
rivojlantirish yo’lida ko’plab yangiliklarni yaratmoqdalar. Mazkur dasturning yangi 
avlodlari yangi funksiyalari va quaylilari 
fikrimiz isbotidir. Kompaniya 
mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu dasturlarda o’nlab sezilarli o’zgarishlar va 
yuzlab qo’shimcha funksiyalar kiritilgan.
CorelDRAW dasturi asosan 
vektorli
tasvirlar yaratish uchun mo’ljallangan 
bo’lsada, unda 
ratsrli
 tasvirlar bilan ishash imkoniyati ham mavjud. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin