Rombsimon mushak
(
m. rhomboideus
) trapesiyasimon mushakning ostida joylashgan
bo’lib, bo’yin va ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanadi. Bu mushak tolalari
yuqoridan pastga va yonga qarab yo’nalib, kurak suyagining medial chetiga birikadi.
Vazifasi:
kurakni umurtqaga yaqinlashtiradi va yuqoriga ko’tarib turadi.
4.
Kurakni ko’taruvchi mushak
(m. levator scapulae)
trapesiyasimon mushakning
ostida bo’lib, bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtasidan boshlanadi, mushak tolalari
yuqoridan pastga yo’nalib kurakni yuqorigi burchagiga birikadi.
Vazifasi:
kurakni ko’taradi.
Organning chuqur mushaklari.
Organning chuqur xususiy mushaklari qatoriga yuqori va umurtqa pog’onasini rostlovchi
va umurtqa pog’onasiga taaluqli kalta mushaklar kiradi. Bu mushaklar gavdadan boshlanib
suyakka birikadi, shuning uchun bu gurux mushaklari xususiy mushaklar deyiladi.
5.
Organning yuqori tishli mushagi
(
m. serratus posterior superior
) ikkita bo’yin va
ikkita ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, mushak tolalari yuqoridan pastga
va yonga yo’nalib, 2-5 qovurg’alarning orqa yuzasiga birikadi.
Vazifasi:
qovurg’ani ko’tarib nafas olishda ishtiroq etadi.
6.
Organning pastki tishli mushagi
(
m.serratus posterior inferior)
ikkita bel va ikkita
ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, mushak tolalari pastdan yuqoriga va
yonga yo’nalib, 9,10, 11 12- qovurg’alarning orqa yuzasiga birikadi.
Vasifasi:
qovurg’alarni pastga tortadi va nafas olishda ishtrok etadi.
7.
Tasmasimon mushak
(
m. splenius
) bo’yin va bosh qismidagi mushaklarga bo’linadi.
Ko’krak va bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, ensa chizig’i va
so’rg’ichsimon o’simtaga birikadi.
Vazifasi:
mushakning ikki tomonlama qisqarishi boshni orqaga yozadi, bir tomonlama
qisqarishi boshni chap yoki o’ng tomonga buradi.
8.
Dostları ilə paylaş: |