2.Jamoaviy metodik ishlar va ta’limi muassasalarining
o’quv
metodik xonasi ishini tashkil qilish.
Pedagogik kengash.
Pedagogik kengash o’quv muassasining asosiy
organi bo’lib, u o’quv muassasidagi asosiy masalalarni muhokama etish,
xulosalar qabul qilish uchun tuzilgan bo’lib, «Pedagogik kengash haqidagi
nizom» asosida faoliyat ko’rsatadi, va yillik plan asosida ish yuritadi.
Pedagogik kengash ish rejasida asosan quyidagi masalalar yoritiladi va
amalga oshiriladi: o’quv muassasasi pedagog jamosining o’tgan davrda
bajarilgan ishlar natijasi va oldinda turgan vazifalar; uslubiy ishlar rejasi va
xodimlarning malakasini oshirish, ustalarning tarbiyaviy ish rejasi, yarim
yillik, yillik imtihon natijalari; ta`til vaqtlarida o’quvchilar bilan sport
ishlarini tashkil etish; biblioteka holati; ishlab chiqarish amaliyoti natijalari
va boshqa ko’p masalalar pedagogik kengash ishida yil mobaynida
tasdiqlanadi va har oyda bir marta o’tkaziladi. Pedagogik kengash ish
rejasidagi har bir masala bo’yicha ma`sul xodim tayinlanadi va u bu
masalani kengashga tayyorlaydi, kerak bo’lsa, bu masalani tayyorlashga
boshqalarni ham jalb qilishi mumkin.Pedagogik kengash qarorini rais-
direktor va kotib qo’l qo’yib tasdiqlaydi. Kengash qarorining bajarilishini
direktor va uning o’quv ishlari bo’yicha muovini nazorat qilib
boradi.Pedagogik kengash xujjatlari: ish rejasi, bayonnomalar, ma`ruzalar
va qarorlar direktor muovinida saqlanadi.
Metod komissiyalar-
o’quv muassasasida fanlar, ya’ni bir-biriga yaqin
fanlar bo’yicha eng kamida beshta muhandis-pedagog va usta bo’lgan
taqdirda tuzilishi mumkin, ba`zi hollarda chilangarlik, metallarga ishlov
berish mutaxassislari bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Agarda o’quv
muassasasida bitta fandan 3 dan ortiq muhandis-pedagoglar bo’lsa fan
bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Masalan: materialshunoslik,
matematika, fizika va boshqalar. Uslubiy komissiya raislari eng tajribali
o’qituvchi, ustalardan shakllanadi.Metod komissiyalar o’z fanlari,
maxsus fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni
dars
jarayonida
tadbiq
etish,
o’qitish, uslubiy vositalarini
takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-
ket o’tilishini belgilash, o’quv uslubiy materiallarni muhokama qilish va
boshqalar bilan shug’ullanadi.Fanga oid muammolarni uslubiy
komissiyalar hal qiladi. Ya`ni ular: o’quv muassasalarini o’rganish,
takomillashtirish, ishlab chiqarish ro’yxati va mahsulotlar ishlab
chiqarish texnologik xujjatlari; nazorat ishlari mazmunini tahlil etish,
o’quvchilarning o’zlashtirishini tahlil etish, muhokama etish; ilg’or
pedagogik, ishlab chiqarish tajribalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish,
texnik vositalardan samaradorlik bilan foydalanish va boshqalarni
amalga oshiradi.
|