Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli


-savol: Bir mol gulekozani kislorodsiz bosqichida parchalanishidan qancha energiya hosil



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

50-savol: Bir mol gulekozani kislorodsiz bosqichida parchalanishidan qancha energiya hosil 
bo’ladi? 
Ikkinchi bosqich
— glikoliz, ya’ni kislorodsiz (anaerob) parchalanish deyiladi. Odam, 
ko‘pgina hayvonlar va mikroorganizmlar hujayrasida asosiy energiya manbai glukoza 
hisoblanadi. Glikoliz ketma-ket keluvchi bir qancha fermentativ reaksiyalar yig‘indisidan 
iboratdir. Uning hosil bo‘lishida o‘ndan ortiq oraliq reaksiyalar hosil bo‘ladi.
Glikolizning umumiy yig‘indi tenglamasini quyidagicha tasavvur etish mumkin: C6H12O6 + 
2H3 PO4 + 2ADF = 2C3
H6 O3 + 2ATF + 2H2O200 kJ energiya ajralib chiqadi. Bu energiyaning 60 % issiqlik sifatida 
ajraladsifatida tejaladi.
51-savol: O’zgaruvchanlik necha xil bo’ladi?
O‘zgaruvchanlik 
tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy 
bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik 
o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi 
katsion va ontogenetik o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez 
jarayonida genlarning diff erensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga
bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit 
omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir. Irsiy o‘zgaruvchanlik 
genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham 
deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion 
o‘zgaruvchanlik kiradi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik 
xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona 
xromosomalarining qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona
gametalarining tasodifiy kombinatsiylashuvi natijasidir.



Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin