275
IZOHLI LUG„AT
Aloqa
– bu boshqaruv tizimi elementlarining o‘zaro hamkorligi uchun muhim
elementlardan biri bo‘lib, uning vositasida ushbu tuzilma uchun ma‘lum
munosabatlar shakllanadilar. Boshqaruv tizimlaridagi
aloqani loyihalashtirish
axborot nazariyasi usullari, hamda axborotlarning texnik
manbalarini tanlash va
aloqa kanallarini loyihalashtirish usullariga asoslanadi. Boshqaruv shakllariga ega
boshqaruv tizimlarining tarkibiy tizimlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqalar
zanjirlari ajrati-ladilar. Ular axborotlarni harakatlanish yo‘nalishlari bo‘yicha
farqla- nadilar.
Birja
(nemischa –
“hamyon”
) – bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli.
Tovar, fond, valuta, mehnat birjalari farqlanadi.
Boshqarish
– xo‗jalik obyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va
yo‗naltirish.
Boshqaruv vazifalari
– bu boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil,
ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlari.
Boshqaruv jarayoni
– tashkilot resurslarini u tomonidan o‘zining
maqsadlariga etishish uchun shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha
uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlarning majmuasi.
Boshqaruv ierarxiyasi
– murakkab turli-tuman va o‘zaro bog‘langan
jarayonlarni boshqarishning asosiy tamoyillaridan biri. U boshqaruvning darajalari
bilan ta‘riflanadi, ularning soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, tizim shunchalik yirikdir.
Ierarxiya bo‘yicha, masalan, korxona, stex, uchastka va h k. boshqaruvi ajratiladi.
Har bir darajaning boshqaruv tizimi yuqoriroq daraja uchun boshqaruv ob‘ekti
bo‘ladilar. Umumiy holda boshqaruv ierarxiyasi har
bir darajadagi boshqaruvni
avtonom holda belgilanishini ko‘zda tutadi. Ko‘pincha bu boshqaruv maqsadlarini
amalga oshirishning vositalari va usullarini tanlashga tegishli bo‘ladi. Ierarxiya
boshqaruvning murakkab tizimidagi boshqaruv
tizimchalarining birgalikda
bo‘ysunishidan iborat bo‘ladi.