Birinchi tendentsiya
muxandis xodimlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida
tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini o’rganish, ya’ni uni
psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati
psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni, muxandis mehnat
huquqni qo’llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va
muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va
mahoratni, mutaxassislik ko’nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo’yishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik
yo’nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini
30
shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi
(buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to’g’ri tashkil etishini va
boshqa masalalar bo’ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan
shug’ullanadi.
Ikkinchi tendentsiya
muxandislar xizmat faoliyatining ob’ekti va predmetini
tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o’rganish. Bu
tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq
bo’lgan vazifalarni yuklaydi
2
.
Bu ikki tendentsiya muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini
psixologik jihatdan chuqur o’rganishni taqozo etadi.
Muxandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosini o’rganishning bu ikki
tendentsiyasi rasman ikki xilda ko’rinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya’ni
mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini
o’rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki
tendentsiya uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Muxandis shaxsining
psixologik tuzilishi etarli darajada o’rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi
quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bog’liq.
Birinchidan, muxandis davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud
bo’lsa, unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan?
Bizning davlatimizda bu masala etarli darajada hal qilingan. Masalan, ishlab
chiqarish jarayoni mavjud, u har doim takomillashib bormoqda.
Ikkinchidan, muxandislar o’zaro va fuqarolar bilan bo’ladigan
munosabatlari qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy
hal qilingan bo’lib, u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan.
Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik
darajasi qanday yo’lga qo’yilgan?
To’rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi?
2
Климов
В
.
Л
.
Инженерная психология. – СПб., 1999. – С. 198.
31
Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal
qilinishi muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi.
Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin
qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga ko’ra,
shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yo’nalganlik, u ehtiyojlar,
qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda
dunyoqarashlarda ifodalanadi;
1)
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi;
2)
individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Yo’nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish)
shaxsning axloqiy qiyofasi va
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik,
ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
Ijtimoiy tajriba kichik tizimi (ost tuzilishi)
ta’lim vositasida, shaxsiy
tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
Psixologik aks ettirish shakllari kichik tizimi (ost tuzilishi)
ijtimoiy turmush
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlarini o’z
ichiga oladi.
Biologik shartlangan kichik tizimi (ost tuzilishi)
miyaning morfologik va
fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik
o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik
xosiyatlarini birlashtiradi.
A. G. Kovalev talqiniga ko’ra, shaxs psixologiyasi quyidagicha tuzilishga
ega:
–
yo’nalganlik
voqelikka nisbatan inson munosabatini aniq- laydi, unga
o’zaro ta’sir etuvchi har xil g’oyaviy va amaliy yo’nalishlar, qiziqishlar,
ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini
32
belgilaydi.
–
imkoniyatlar
shaxs faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini
ta’minlovchi tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha
qobiliyatlarni qamrab oladi;
–
iroda
ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvorini aniq- laydi. Odamning
ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Iroda tizimida irodaviy
va ma’naviy sifatlar ajratiladi;
–
mashqlar tizimi
hayotiy faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish
(korrektsiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, boshqarishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, inson shaxsining o’zi «endopsixik» va «ekzopsixik»
tizimga bo’linadi, degan fikr ham ilgari surilgan. Shaxs psixologiyasining ichki
tuzilishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining nerv psixik tuzilishiga o’xshash
bo’lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funktsiyalarning
o’zaro ichki bog’liqligini ifoda etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi muhitga
munosabati, ya’ni shaxs qanday bo’lmasin, baribir munosabatga kirishishi va
shaxsga qarama-qarshi turadigan tizimlarning barchasiga nisbatan munosabati
bilan belgilanadi.
«Endopsixika» moyillik, xotira, tafakkur, xayol, irodaviy zo’riqish, tashqi
ta’sirlarga beriluvchanlik kabi xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari
tizimi va uning tajribasini, qiziqishlarini, moyilliklarini, his-tuyg’ularini,
shakllangan bilimlari va boshqa xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi
«endopsixika», ijtimoiy omil bilan belgilanadigan «egzopsixika»ga qarama-
qarshi o’laroq, biologik jihatlar bilan bog’liq.
Psixolog olimlarning yuqorida bayon qilgan fikrlarini metodologik asos
qilib olgan holda, muxandis xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi
quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
1)
kasbiy yo’nalganlik xodimning ehtiyojlari, qiziqishlari, e’tiqodlari,
faoliyati va xulqining ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi;
2)
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar xodimning hayotiy faoliyati
33
jarayonida egallanadi;
3)
individual tipologik xususiyatlar xodimning temperamenti, irodasi va
qobiliyatida aks etadi;
4)
mashqlar tizimi hayotni, faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish
(korrektsiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |