Образование и инновационные исследования (2023 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
305
http://interscience.uz
Tadqiqotimizda olingan natijaga muvofiq shuni ta’kidlash mumkinki, talabalar
ulg‘ayib borgan sari holatga yo‘nalganlik koeffisienti quyilashib boradi. Agar
boshlang‘ich kurslarda bu ko‘rsatkich 35 % ni tashkil etsa, oxirgi kurslarga borib
bu koeffisient uch barobar (11%) qisqaradi. Mazkur voqelikni hayotiy va oliy o‘quv
yurtida tajribasizligi tufayli emotsional holatlarini yaxshi boshqara olmaydigan
talabalar vaqt o‘tib
ham hayotiy tajribaga, ham stressga bardoshlilik kabi sifatlarni
orttiradilar, natijada talabalarda harakatga yo‘nalganlik (89%) ko‘rsatkichi
yuqorilashib boradi. Talabalar yoshi kattalashib borgan sari ularda ma’lum ta’lim
va kasbiy muammolarni hal etishga taalluqli ko‘nikma va malakalar ortib boradi,
o‘tmishdagi emotsional kechinmalarini qayta eslab, qayg‘urganga
qaraganda, ularni
tahlil qilib, salbiy tusini neytrallashtirish, shuningdek, vaziyatni o‘zgartirish, harakat
qilish muhimroqligini anglab yetadilar. Demak, yuqoridagi
tahlillarga asoslanib, shuni
ta’kidlash mumkinki, talabalarning rejalashtirishda harakat nazorat shakli vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarish ehtimoli yuqoriroq. Avval holatga yo‘nalganlik kuzatilgan talabalar
vaqt o‘tib harakatga yo‘nalgan tipga aylanishi mumkin.
“O‘quvchining milliy roli” tushunchasi milliy tarbiyani tahlil qilish uchun
sotsiologik kalit vazifasini o‘taydi. Chunki bu tushunchaning ko‘pqirraligi
milliy-
zamonaviy hayot jabhalarini, milliy tarbiya yo‘nalishlarini ilg‘ab olish imkonini
beradi. Milliy tarbiya tizimini «milliy rol» tushunchasi orqali o‘rganish har bir o‘zbek
o‘g‘il-qizining ilk yoshlaridan «yaxshi bola», «yaxshi aka, uka, singil, opa» yaxshi
jiyan, tog‘a, bo‘la...»; «yaxshi mehmon, mezbon»; «yaxshi do‘st», «odobli bola»
kabi «unvonli» munosabatga tayyorlash mexanizmini ochib beradi. Keng ma’noda
esa o‘quvchining milliy rolini o‘zlashtirishga o‘z ichiga milliy fazilatlarni,
milliy
axloq me’yorlarini singdirish, milliy-ijtimoiy hayotga tayyorgarlik jarayonlarini ham
anglatadi[9].
Milliy ijtimoiy rollarni tasniflash,
ularning kundalik hayotda, munosabatlarda
bajarilishini ilmiy-pedagogik kuzatish - eng zamonaviy va istiqbolli usuldir. U
bolaning «qarshisida» turib emas, balki milliy-ilmiy kuzatish imkonini beradi. Bu esa
tadqiqotning ob’ektiv natijalariga ega bo‘lishining asosiy shartlaridan biridir.
Zamonaviy fanlar ijtimoiy rollarning quyidagi tasnifiga ega: tug‘ma, mavqeli
ijtimioy rollar - sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya fanlari odam tug‘ilgandanoq
yoki hayotning u yoki bu bosqichida kirishadigan «meros qilib olinuvchi»
rolli(jinsiy, diniy, milliy, davlat fuqarosi, go‘daklik, o‘smirlik, yigitlik, muysafidlik);
o‘zgaruvchan, ijtimoiy rollar - doimiy bo‘lmagan, o‘zgarishi mumkin bo‘lgan
rollardir. Masalan, u yoki bu kasbni egallash biror uyushmaga. jamiyatga a’zo
bo‘lish va undan chiqish, o‘zgartirish, xatto fuqaroliknn o‘zgartirish mumkin.
Biroq
tug‘ma milliy rollar (o‘zbeklik, fransuzlik va h.k.)dan chiqib bo‘lmaydi. Muayyan
vaziyatdagi ijtimoiy rollar-yo‘lovchilik, xaridorlik, mehmonlik, mezbonlik va h.k. Bu
guruh rollari o‘egaruvchan rollar bilan kamroq, tug‘ma rollar bilan ko‘proq
aloqada
bo‘ladi. Muayyan vaziyatdagi rollar maxsus va shaxsiy ahamiyatga egaligi tufayli
kishini yo‘llovchi, xaridor, mexmon, mezbonga «aylantirsa», shaxsiy fazilatlari
mohiyatidan kelib chiqib shaxsni «do‘st», «dushman». «mehribon kishi», taqvodor
kishi», «fidoyi odam» va boshqalarga aylantiradi. Demak. shaxs tashqi muhit (tabiat,
jamiyat, shaxslar) bilan munosabatga kirishganida milliy xususiyat (o‘ziga xos
bo‘lgan «ukraincha», «xakascha», «gruzincha» yondashuv) kasb etadi. Bu fikr ilk bor
nemis sotsiologi U.Gerxard tomonidan tug‘ma ijtimoiy rol sifatida taklif qilingan,
keyinchalik Yu.A.Sorokin, Ye.A.Tarasov, N.V.Ufimsevalar tomonidan ijtimoiy fanlar
istifodasiga kiritishga harakat qilingan edi. Lekin nazariy jihatdan asoslanganligiga
qaramasdan milliy rolning tug‘ma meros, vorislik xususiyatini o‘rganish, rivojlantirish
sotsialistik internasionalizm tamoyillariga mos kelmasligi tufayli rivojlantirilmadi.
Milliy tarbiyaning manbai - milliylikdir!. «Millat», «milliylik», «milliy g‘urur»,
«milliy odob», «millatlararo muloqat madaniyati» tushunchalarining o‘zagini
arabcha «mil» so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada «o‘zak», «’tub mohiyat»,