b)
ko‘ndalang prokatlash.
Bu usulda zagotovka o‘qi prokat
stanining silindrik jo‘valar o‘qiga parallel bo‘lib, jo‘valarning bir
tomonga aylanishida ular oralig‘idan doiraviy zagotovka ezib
o‘tkazilishida u qarama-qarshi tomonga aylanib ishlanadi. Bu ishlovda,
masalan, shatun, silindrik tishli g‘ildirak, vallar zagotovkalari, sharlar
olinadi:
d) ko‘ndalang
vintli prokatlash.
Bu usulda zagotovka prokat stani
kletida bir-biriga ma’lum burchak bo‘lib o‘rnatilgan ikki tomoni
kesik konusli, bir tomonga aylanuvchi jo‘valar orasidan ezib o‘tkazib
ishlanadi. Bu usulda po‘lat yoki bo‘lak plastik metallardan gilzalar,
keyin esa ulardan choksiz quvurlar olinadi (2.3-rasm).
2.3
rasm. Prokatlash turlari
Bolg‘alash.
Bolg‘alash tehnologik operatsiyasi metallarga bosim
bilan ishlov berishning yuqori haroratlarda amalga oshiriladigan
usullardan biri hisoblanadi. Bolg‘alashdan avval detalni ishlab
chiqarilgan metall markasidan kelib chiqib qizdiriladi. Metallarga
bolg‘alash bilan ishlov berish bir necha usullar bilan amalga oshiriladi:
pnevmatik, gidravlik va bug‘
havo uskunalarida amalga
oshiriladigan bolg‘alash;
shtamplash;
qo‘l kuchi bilan bolg‘alash.
Mashina yoki qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladigan bolg‘alashda
detal ishlov berish zonasida tashqi muhit ta’siridan chegaralanmagan
holda fazoda ixtiyoriy shaklga ega bo‘lishi mumkin.
Shtamplash usuliga asoslangan mashinalar va tehnologiyalarda
zagotovkani ishlov berishdan avval shtamp matritsasiga joylashtirish
ko‘zda tutiladi va shu orqali zagotovkaning fazoda ixtiyoriy tomonga
siljishi nazorat qilinadi. Buning natijasida detal matritsa ichki qismi
qanday shaklga ega bo‘lsa, o‘sha shaklga kiradi. Bolg‘alashdan
ko‘pincha bir seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Presslash.
Presslash tehnologik operatsiyasi press mashinalarida
amalga oshirilib, bunda, metall matritsaning maxsus tirqishidan puanson
yordamida siqib chiqariladi. Metallni matritsadan siqib chiqarish uchun
yuklanish kuchi katta bo‘lgan preeslardan foydalaniladi. Presslash ishlov
berilayotgan material markasiga qarab issiq yoki sovuq holda presslash
kabi turlarga bo‘linadi.
Presslash bilan metallardan buyumlarni ishlab chiqarishda ikki usul
bo‘lib, bulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi teskari presslashdir.
|