Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
54
Bozorini qilib bog'lar yuklarin saxt 
Tayyor bo’ldi, siz ham tayyor bo’ldungizmu? 
Sardori karvonboshi qilsa xabar
Savdo qilg'on, ozuq olg'on qilur safar, 
Yuk tongug'lig' shodu xandon (yo’lg'a tushar), 
Jahdu jadal qilib yukni tongdungizmu? 
Ba’zi nodon kirdi bozor oldi do’kon, 
Hamroh bo’ldi ul nodong'a anda shayton, 
To qurug'lig' o’lturdilar shodu xandon, 
O’shal do’kon dunyo erur, bildingizmu? 
Savdo qiloy desa shayton qo’ymas, bilgil, 
Oytur anga qo’yg'il bugun, tongla qilg'il. 
Umrung uzoq, dam g'animat, ishrat qilg'il, 
Oytur anga, ishrat qilib to’ydungizmu? 
Bu so’z birla naqdi umrin qo’ldin bergoy, 
Umrung bo’ldi bu do’kondin chiqqil degoy. 
Vo darig' deb qo’lin tishlab afsus yegoy
Savdo uchun emdi afsus yedingizmu? 
Bu holatda amir karvon kelgoy yetib, 
Yurugil deb asl vatan hukmin oytib. 
Savdo qilmay muncha o’tdung netak yotib, 
Ozuq olmay yo’lg'a kirib yeldingizmu? 
Qul Xoja Ahmad, savdo qilg'il bozor o’tmay, 
Umrung kuni bitmas, ajal kuni yetmay. 
Nogahon(da) ajal kelib yaqong tutmay
Ajal kelur vaqtin, do’stlar, bildingizmu? 
- 49 - 
Ayo shayxo, toliblarga yo’lni ko’rguz, 
Shariatning bayonini qilmasmusan? 
Tariqatda qulovuzsiz yo’lg'a kirsa, 
Haqiqatning yo’llarini oytmasmusan? 
Shayxman teyu ulug' tutding o’zing doim, 
Ko’nglung kibru manlik bilan, tiling soim. 
Nafsing uchun uzun tunlar turub qoim, 
O’qub Qur’on hech o’zungga kelmasmusan? 
Shayxman teyu zolimlarga xizmat qilding, 
Mulozamat pesha aylab izzat qilding. 
Ne’mat bersa joning birla hurmat qilding


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
Johil bo’lub zolim sifat bo’lmasmusan? 
Ma’ni Qur’on tuz bilmading havo birlan, 
Toat qilding xalq ichinda riyo birlan, 
Zangor bosg'on ko’ngul yo’qtur ziyo birlan, 
Ma’no o’qub riyo qurin solmasmusan? 
Faqir bo’lub malomatni to’sha qilg'on, 
Dunyo solur oxiratni pesha qilg'on. 
Dil ayvonin xilvat qilib go’sha qilg'on, 
Ondog' erning xizmatida bo’lmasmusan? 
Qul Xoja Ahmad, kimga oyding ushbu so’zni, 
Xo’b bilursan, hech bilmassan rohi tuzni. 
Bilur qarib yo’l bilguchi qulovuzni, 
Gardi poyin qaro yuzga surtmasmusan? 
- 50 - 
Umrung o’tti, ayo g'ofil, zoe’ munda, 
G'aflat ko’zin ochib bedor bo’lmasmusan? 
Yotur yering tor lahaddur yalg'uz go’rda, 
O’lmas burun fikrin munda qilmasmusan? 
Ajab yo’ldur borur yering, xatar bisyor, 
Qaroqchilar doim anda turur tayyor
Himmat qilib bu dunyodin aylab guzor, 
Oxiratning yarog'ini qilmasmusan? 
Yurdung doim shodu xurram, surur birlan, 
Mag'rur bo’ldung hoyu havas, g'urur birlan, 
Yeding shubha-haromlarni makruh birlan, 
Do’zax ichra jazosini tortmasmusan? 
Mo’min degon bo’lur doim tafakkurda
Fikr aylab zikrin oytur uzoq tunda, 
Bo’lmas manlik bir zarrae vujudinda, 
Ondog' erni etogini tutmasmusan? 
Aro yo’lda paydo bo’lur ikki manzil, 
Ondog' qulg'a qilg'il munda joning sabil, 
Solg'oy sani yaxshi yo’lg'a yori qobil
Xizmat qilib jannat mulkin olmasmusan? 
Jon olg'oni bir kun kelur malakul-mavt. 
O’lmas burun o’lum birla bo’lg'il ulfat, 
Uzoq yo’lg'a ozuq olg'il - tort riyozat, 
Izzat raxtin sotib, xorliq olmasmusan? 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin