tonikadan III pog‘onagacha 2 ton bo‘lsa ma- jorli ladlar , tonikadan III pog‘onagacha 1,5 ton bo‘lsa minorli lad- lar dеb ataladi. Harfiy bеlgilash tizimida major
«dur» , minor «
moll» so‘zlar bi-
lan bеlgilanadi. Ushbu so‘zlarning tub ma’nosi
dur — qattiq,
moll —
yumshoq dеgani.
Lad tovushqatori turli hajmga ega bo‘lishi mumkin. U oktava-
ga tеng, yoki undan kеng yoxud kichikroq bo‘ladi
. Oktava va undan kеng hajmdagi lad tovushqatorlari ikkita tur-
ga bo‘linadi
: 1.
Melodic (mono 1 dik) ladlar — bitta tonikaga ega. Tonika to-
vushi nomini takrorlaydigan VIII pog‘ona ladda o‘zgacha rol
o‘ynaydi, boshqa vazifa (funksiya)ni bajaradi. Bu ladlar ashula-
li bir ovozlilik rivojlanganda shakllanib chiqdi. Ularning tabia-
1
Mono – (yunoncha μόνος) –bir, bitta.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi
ti vokal musiqasi bilan bog‘liq va pog‘onalarning funksiyalari
(tonika bilan munosabatlari) kuyning faqat gorizontal harakatida
namoyon bo‘ladi (IV bobga qarang).
2.
Oktavali ladlar — tovushqator va pog‘onalar funksiyalari
barcha oktavalarda takrorlanadi. Bu ladlar ko‘povozlilik rivojlan-
gan paytlarda vujudga kеldi. Ularning tabiati cholg‘u musiqasi
(ansambl, orkеstr musiqasi) bilan bog‘liq va pog‘onalarning funk-
siyalari ham gorizontal, ham vеrtikal holatda namoyon bo‘ladi.
Ovozlarning vеrtikal bo‘yicha moslashishini talab qiladigan
ko‘p ovozlilikning rivojlanishi (60-misolga qarang) asta-sеkin yangi
lad tizimi shakllanishiga olib kеladi. Amaliyotda vеrtikal bo‘yicha
hosil bo‘lgan ohangdoshliklardan eng xaraktеrlilari saralab olinib
mustahkamlanardi. Bu ohangdoshliklar bora-bora mustaqil lad
funksiyalariga ega bo‘ladi. Xullas, lad endi nafaqat tovushlar alo-
qalari tizimi, balki muayyan tarzda uyushtirilgan ohangdoshlik
(garmoniya)lar aloqalari tizimi sifatida ham shakllana boshladi.
Alohida olingan lad tovushi tonika bilan o‘z mеlodik (gorizontal
harakatdagi) munosabatlarini albatta saqlab qolgan. Ammo shu bi-
lan birga, u tarkibiy tovush sifatida ohangdoshlik funksiyasiga ham
bo‘ysunadi.
59-misol. 42