81
yoshgacha bo’lganlar 18%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 13%. O’rtacha umr 70-78
yosh.YAMD 9370 dollor (2001y.)
2-jahon urushi oqibatida aholisi 6 mln. kishiga, ya’ni 22%ga kamaydi, jinsiy tarkibi
o’zgardi. Urushdan so’ng mamlakat aholisining joylashuviga ichki migrasiyaning
ta’siri kuchli bo’ldi.Urbanizasiya darajasi yuqori sur’at bilan o’sdi, hozirda mamlakat
aholisining 63%i shaharlarda yashaydi.Yirik shaharlari: Varshava-1,6 mln., Lodz-
818000, Krakov, Vroslav, Poznan, Gdansk, Shesin (1996y.).
Mamlakat ma’muriy jihatidan 16 ta voevodlikka bo’linadi.Asosiy
siyosiy
partiyalari:
1.Polsha Birlashgan ishchi partiyasi-1948 yil tashkil topgan.
2.Birlashgan dehqonlar partiyasi-1949 yil tashkil topgan.
3.Demokratik partiya-1939 yil tashkil topgan.
4.Milliy tiklanish vatanparvarlik harakati uyushmasi.
2-jahon urushi natijasida Polsha o’z milliy boyligining 45%ini yo’qotdi, mamlakat
ekonomikasi butunlay izdan chiqib ketdi (chunki 7 yil urush).
Sanoati tarkibida ro’y bergan eng muhim o’zgarish unda mashinasozlik bilan
ximiya sanoatining salmog’ining ortishi bo’ldi.
Polsha sanoatining territoriyalarda to’planganligi bilan ajralib turadi.Sanoatning
katta qismini janub voevodliklarda to’planganligi harakterli.
Polsha Si, sof
oltingugurt, toshko’mir miqdori
jihatidan Yevropada oldingi
o’rinlarni egallaydi.Masalan: toshko’mir qazib olishda dunyoda 4-o’rinda, aholi jon
boshiga nisbatan ko’mir qazib olishda esa 1-o’rinda turadi.Qo’ng’ir ko’mir, osh tuzi,
polimetal zapaslari jihatidan Yevropada oldingi o’rinlarda turadi.Biroq temir, neft,
fosforit kam.
Polsha energetikasining asosi toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir.Toshko’mir qazib
chiqarishning deyarli hammasi Yuqori Sileziya havzasida to’plangan.Bu
erdan
energetika
ko’miri
ham,
kokslanadigan
ko’mir
(anrosit)
ham
qazib
chiqariladi.Keyingi yillarda mamlakat sharqidagi Lyublin havzasini o’zlashtirish
boshlandi.
Neft
va
tabiiy
gazga
bo’lgan
ehtiyojini
asosan
MDH
hisobiga
qondiradi.”Do’stlik”.
Qora metellurgiya sanoati chet el temir rudasiga muhtoj.Eng yirik qora
metallurgiya korxonalari Krakov, Kotovise.Temir rudasini
KMA va Krivoy Rogdan
oladi.
Polsha mashinasozligi-ko’mir sanoati uchun mashinalar, bug’ qozonlari,
stanoklar, ximiya va qand zavodlari uchun jihozlar, passajir va yuk vagonlari, dengiz
kemalarini ishlab chiqaradi.Mashinasozlik
korxonalari asosan Varshava, Poznan,
Vroslav, Gdanskda to’plangan.
Ximiya sanoatida yaqin vaqtlargacha o’g’itlar ishlab chiqarish ustun edi. So’ngi
yillarda ko’mir ximiyasi asosida organik sintez ximiyasi tez o’smoqda. Uning asosiy
zavodlari Yuqori Sileziya havzasi rayonida joylashgan. Neft – ximiya korxonalari
“Do’stlik” tevaragida joylashgan.
To’qimachilik Lodz rayonida eng yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining asosiy qismi pasttekisliklardan iborat.
Hududining 46 % i haydalgan yerlar bo’lib, qadimdan dehqonchilik qilinadi. Polsha
82
dehqonchiligida javdar, kartoshka eng ko’p ekiladi. Pol
ь
sha butun dunyoda bu
ekinlardan olinadigan hosilning ¼
qismini beradi, ularning yalpi hosili jihatidan
MDH dan keyin turadi. Bug’doy, qand lavlagi yetishtirish katta ahamiyatga ega.
Yiliga 26 mln t. (1987 y.)dan hosili olinadi. Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi
31 sentnerni tashkil etadi. Mamlakatda zig’irchilik, bog’dorchilik va karam
yetishtirish yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda qoramolchilik va cho’chqachilik
alohida
ajralib turadi, lekin ularning rivojlanishiga yaylovlarning (hududining 13%
ini tashkil etadi) etmasligi to’sqinlik qiladi.
Transportining asosiy turi temir yo’llardir. Uzunligi 27000km. Temir yo’llarining
yuk oboroti jihatidan Polsha Xorijiy Yevropada 1-o’rinda turadi. Temir yo’llarda
asosan toshko’mir va temir rudalari tashiladi.
Iqtisodiy geografik jihatidan Pol
ь
sha 3 qismga bo’linadi:
1.
Janubiy Polsha. Mamlakatning eng muhim industrial bazasi “Qora Sileziya”
aglomerasiyasi joylashgan. Kotovise, Krakov, Vroslav kabi shaharlar joylashgan.
2.
O’rta Polshada yirik sanoat shaharlari: Varshava, Lodz, Poznan joylashgan.
3.
Shimoliy Polshada asosan qishloq xo’jaligi va dengiz xo’jaligi rivojlangan.
Asosiy shaharlari: Shesin, Gdansk.
Tashqi savdosi asosan qo’shni mamlakatlar bilan olib boriladi. Asosiy eksporti:
mashina va uskunalar, dengiz kemalari, toshko’mir, mis, oltingugurt, to’qimachilik
buyumlari, kartoshka, karam. Asosiy importi: Temir rudasi, neft, gaz.
Pul birligi – zolotiy.
Dostları ilə paylaş: