88
ishlagan Jon Key 1733 yilda uchar moki ixtiro qildi. Keyingi ixtirosi eni kengroq
gazlama to`qishga imkon berdi. Bundan tashqari to`quvchilarni mehnat
unumdorligini ikki barobar oshdi, endi dastgox yonida bir kishi emas, balki ikki kishi
ishlaydigan va moki tezroq harakat qiladigan bo`ldi. Ip gazlama ishlab chiqarish
jadallashganligi sababli kalava ip etishmay qola boshladi. Yigiruv ishini
takomillashtirish uchun yigiruv mashinasini yaratish kerak bo`lib koldi. To`quvchi va
duradgor Jens Xargrivs 1765 yilda haqiqiy muvaffaqiyatga erishdi. U yaratgan
mashinasini qizini nomi bilan Jenni deb atagan charx ipini tortish va pishitish ayni
vaqtda ta`minlanadigan mexanizm edi. Yigiruvchining mehnat unumdorligi 18-20
barobar oshdi. endi tikuvchilik orqada qola boshlagan edi. 1784 yilda edmir Kortrayt
mexanik tikuv dastgoxini ixtiro qildi. Tikuv mashinalarini ixtirosini qilib olgan
ishbilarmon korchalon Richart Arktrayt 1791 yilda bir korxonaga asos soldi. Unda
Jenni singari mashinalar suv parragi yordamida aylantirilar edi. endi bu manifaktura
emas tarixdagi birinchi fabrika sanoat korxonasi edi. Daryo buyida emas istalgan
joyida dvigatel’ yordamida mashinalarni harakatga keltirish uchun harakat boshlandi.
Bug` mashinasi mana shunday dvigatel’ bo`ldi. Uni Glazgodagi universititetning
lobaranti mexanigi Jems Uatt yaratdi va 1784 yilda uni takomillashtirdi. Bug`
mashinasini ixtiro qilinishi fabrika va zavodlardagina emas transport uchun ham
yangi dvigatel’ yaratdi. Paravozlar XIX asrda amaliy ravishda qo`llanila boshlandi,
endi ular metall izida yura boshladi. Bu esa paravozni og`ir bo`lishiga qaramay uni
vagonchalar sistemasini tez tortishga imkon berdi. Utekarning o`g`li uz uquvi bilan
hunar urgangan injener Jorj Stefenson 1814 yilda soatiga 10 km tezlikda 8 ta vagonna
tortib yuradigan birinchi paravozni yaratdi. Temir yo`llar keyinroq XIX asrning 20
yillarida kura boshlandi. Bug` mashinasini kemaga urnatib va eshkakli charxlar bilan
ta`minlab undan suvdan qatnash uchun foydalanish mumkin edi. 1807 yilda mexanik
Robert Fulton Amerikada eshkakli charxlari bo`lgan. Paraxodni qurib sinab kurdi.
XIX asr transport sohasida hamda temir va bug` asri bo`lib keldi. 1830 yilda jaxonga
332 km temir yo`l bo`lib, bu yo`llarning katta kismi Angliyag`da edi. 1825 yildayok
Angliyada dunyoda birinchi temir yo`l qurilgan. XX asrning 20 yillarida bug`
mashinalari bilan harakatga keltiriladigan g`ildirakli daryo paraxodlaridan keng
foydalanila boshladi. Keyinroq 30 yillarning oxirlarida g`ildirakli paraxodlar okean
orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshladi. Keyinchalik g`ildiraklar urnini
eshkak vintlar egallay boshladi. XVIII asrning 80 yillaridayok frantsuz uchuvchilari
Mangol’fe issiq xavo to`ldirilgan xavo sharida parvoz qildilar. Keyinchalik Parijda
vodorod bilan to`ldirilgan aerostatlar sinovidan o`tkazildi. XVIII asrdagi frantsuz
revolyutsiyasi davrida ularda jang maydoni kuzatish uchun harbiy maqsadlarda
foydalanilgan. Aerostatlardan sakrash uchun parashyut ham ixtiro qilingan. Aloqa
vositalari ham takomillashtiriladi. Qadim zamonlardan ma`lum bo`lgan optik telegraf
urniga simli telegraf tarqaldi. Morze alifbosi ixtiro qilindi. Xarf bosuvchi qurilmalar
yaratildi. XIX asrning urtalarida quruqlikdagi telegraf liniyalardan tashqari suv osti
kabellari ham yotqizila boshlandi. Angiyadan Amerikaga Atlantika Okeani orqali
dastlabki telegraf kabeli 60 yillar oxirida o`tkazilgan edi. Telegrafning vujudga
kelishi yangi tarixni birinchi davrida elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi
bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: