Sichqon, kulrang kalamush – turar joylarda; Yumronqoziq – cho’llarda koloniya bo’lib yashaydi; Jayra – tog’ etaklarida va cho’llarda; Ondatra va nutriya – mo’ynachilik xo’jaliklarida; Ko’k sug’ur – baland tog’larda; 15.
Jayraing tanasi nimalar bilan qoplangan?
Uzun ninalar bilan. 16.
Kеmiruvchilar nomi bilan ularning ahamiyatini ayting?
Sichqon va kalamushlar – donlarga, oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoat mollariga, ekinlariga ziyon kеltiradi; Kalamushlar – o’lat kasalligini tarqatadi; Ondatra, nutriya, sug’ur, yumronqoziq va tiynlar – tеrisi uchun ovlanadi; Ko’k sug’ur – terisi boshqa sug’urlarnikiga nisbatan yuqori baholanadi, yog’idan tabobatda dori-darmon olinadi. 17.
Ondatra va nutriyalarning vatani qayer?
Amerika. 18.
Qaysi kemiruvchi qizil kitobga kiritilgan?
Ko’k sug’ur. 55 – §. YIRTQICH SUTEMIZUVCHILAR TURKUMI. 1.
Yirtqichlar turkumi qaysi oilalarni o’z ichiga oladi?
Bo’risimonlar, mushuksimonlar, suvsarsimonlar, ayiqsimonlar oilasi. 2.
Bo’risimonlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?
Bo’ri, chiyabo’ri, tulki, korsak va yenotsimon it. 3.
Bo’risimonlar o’ljasini qanday tutib oladi?
Ular hidni juda yaxshi sеzadi. O’ljasini hididan biladi, uning orqasidan taqib qilib tutib oladi. 4.
Bo’rilarning qanday hayot kеchirishini ayting?
Bo’ri – yil bo’yi juft – juft bo’lib yashaydi. 5.
Bo’rilar qachon ovga chiqadi?