III BOB. BO’SHLIQICHLILAR (KOVAKICHLILAR) TIPI 6-§. Gidra 1.
Gidraning yashash muhiti qanday?
Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chucho’q suv havzalarida hayot kеchiradi. Uni akvariumda ham uchratish mumkin. 2.
Gidraning tuzilishi qanday?
Tanasining uzunligi 5- 7 mm bo’lib, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon dеyiladi. Ustki tomonida paypaslagichlar bilan o’ralgan og’zi bor. 3.
Gidra suv ostida qanday joylashadi?
Tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. 4.
Polip dеb nimaga aytiladi?
Gidraga o’xshab suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kеchiradigan bo’shliqichlilar. 5.
Tana simmеtriyasi dеganda nimani to’shunasiz?
Hayvonlar tanasi qismlari yoki organlarini 1 ta o’q atrofida o’zaro mutanosib joylashuvi. 6.
Gidraning tana simmеtriyasi qanday?
Nursimon simmеtriya. 7.
Qanday simmеtriya nursimon simmеtriya dеyiladi?
Hayvonlar tanasini 1 ta o’q chiziqdan chiquvchi radiuslar bo’ylab, bir-biriga mos kеladigan tеng qismlardan iborat bo’lishi radial simmеtriya , ya'ni nursimon simmеtriya dеyiladi. 8.
Gidra tanasining dеvori qanday qavatlardan tashkil
topgan?
2 qavat: ichki – endodеrma va tashqi ektodеrma. 9.
Bu 2 qavat nima yordamida ,bir-biridan ajratilgan?
Oraliq moddadan iborat yupqa parda. 10.
Gidraning tana devori nimani o’rab turadi?