Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Amaliy tadqiqot


97
97
96
7 – E. Sariqov, B. Haydarov
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini 
sanab bering.
2. Bu tarmoqlardan qaysi biri respublikamiz iqtisodiyotida yetakchi soha 
hisoblanadi?
3. Mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan ishlab chiqarish korxonalaridan qaysilarini 
bilasiz?
4. Sizningcha, davlat qaysi sohalarga ko‘proq e’tibor berishi kerak?
5. Iqtisodiyotning qaysi sohasida xususiy sektorning ulushi ko‘proq deb o‘ylaysiz? Qaysi 
sohalarda kamroq?
6. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining istiqboli haqida nima 
deya olasiz?
7. Respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishi 
(integratsiyasi) haqida nimalar bilasiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
IQTISODIY SALOHIYATI
21- MAVZU
 
O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI
Maydoni.
Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi va 
u Yer shari quruqlik qismining 0,3 foizini egallaydi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga 
yaroqli yerlardir.
Aholisi. 
Mamlakatimiz aholisi 2013- yilda 30 million kishiga yetdi. Ishchi kuchi 
resurslari aholining yarmini tashkil qiladi. Aholining o‘rtacha yoshi 24 yilni tashkil qiladi.
Tabiiy resurslari.
O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalar ning 
istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali 
qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir.
O‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi 
o‘rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir. 
Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda 
turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi. 
Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va 
ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan 
ortiq neft va gaz kondensati olinadi, bu esa o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlaydi.
Har yili respublikamizda 51 milliard 200 million kub metrdan ortiq zangori 
yonilg‘i — gaz olinadi. Bu o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlagan holda, uni qo‘shni 
davlatlarga eksport qilish im konini ham beradi. Bir yilda qazib chiqariladigan 
ko‘mir to‘rt million tonnani tash kil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning 
umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.
Sanoati.
Paxta tozalash

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin