Listning dasturiylikka m unosabati progressiv hodisa edi. List o 'z
san’ati bilan uni qadrlaydiganlaming tor doirasi bilan chekalanmay
tinglovchilaming keng ommasi bilan so'zlashishishni istardi. Katta
fikrlar va tuyg'ulami gavdalantirishga harakat qilib, u ko'pincha
abstraksiya, noaniq falasafa so'qish holatiga tushib qolar va shu sababli
beixtiyor tarzda o'z asarlarining ta'sir doirasini cheklab qo'yardi. Lekin
ulaming eng yaxshilarida dastuming bunday umumiy noaniqligi va
noravshanlik yengib o'tilardi: List yaratgan musiqa namunalari aniq va
tushunarli, mavzusi ta'sirli va ravshan, shakli aniq.
Dasturiy
tendensiyalar Listning ko'plab transkriptsiyalarida ko'zga tashlanadi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
negaki ular opera va romanslaming aniq syujeti bilan bevosita bog‘liq.
L in in g vengr xalq hayoti manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari
ham dasturiy hisoblanadi.
Listning dasturiyligi
Berlioznikidan farq qiladi. Agar Berlioz
simfoniyasida musiqada syujetning ketma-ket rivojlanishida aks etuvchi
bayoniy syujet xarakteri mavjud bo'lsa, Listni ko'proq asosiy poetik
g'oyaning umumlashgan musiqiy gavdalanishi qiziqtiradi. O ’zining
rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirdi; bir
vaqtning o'zida u garmoniya sohasida novatorga aylandi. List «simfonik
poema» janri va «monotematizm» deb ataluvchi musiqiy rifojlanish
,
* usullaming yaratuvchisi bo'lib hisobolangan. Listning fortepiano
texnikasi, faktura sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki List
genial pianinochi bo'lgan va tarixda ungayetadigani bo'lmagan.
Hayoti. Ferens List 1811 yil 22 oktyabrda Doboryan qishlog'ida
(Vengriya) dunyoga kelgan. Bolaligida lo'lilar qo'shig'i va vanger
dehqonlaming quvnoq qo'shiqlariga maftun bo'lib qolgan. Listning
otasi, graf Esterxazining katta yer-mulkida boshqaruvchi, havaskor
musiqachi bo‘lgan va o'g'lining musiqaga qiziqishini rag'balantirardi;
aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o'rgatgan. 9 yoshligida
Ferens qo'shni Shoprone shaharchasida o'zining birinchi konsertini
beradi.
Tez orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi;
bolakayning chalishi graf mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir
nechta zodagonlar uning keyinchalik musiqiy ta’lim olishi uchun pul
to lash istagini bildirishdi.
Ferensni Venaga yuborishdi, u yerda
www.ziyouz.com kutubxonasi
kompozitsiyani A. Salyeridan va fortepianoni Yevropaning virik
pedagogi K. Chernidan o'rgandi.