42
17 – rasm. A1-MND liniyasida uzluksiz dezodoratsiyalashning texnologik sxemasi
Salomasga limon kislotasi bilan ishlov berilayotganda harorat 90
0
C, kislota konsentratsiyasi
5-15% va nikel miqdoriga qarab sarfi 25-50 g/t bo‘ladi. Oqlashda adsorbent
miqdori moy massasiga
nisbatan 0,4-0,5% bo‘ladi.
Oziqa salomaslari uchun ikkinchi bosqich yog‘ kislotalarni ushlab qoluvchi qo‘shimcha
moslamalar bilan ta’minlangan uzluksiz dezodoratsiya qurilmalarida olib boriladi. Shuning uchun
A1-MND va “De SMET” sxemalarida qo‘shimcha ravishda birinchi barometrik kondensatordan
oldin kondensator-tutgich, uchuvchi moddalarni yig‘gich o‘rnatilgan.
Moyni ishqorsiz rafinatsiyalash.
Bu usul kislotaligi 10% va undan ortiq bo‘lgan
moyni qayta
ishlashda yuqori samara beradi va natijada kislotaligi 0,5% dan kam bo‘lgan rafinatsiyalangan moy
va distillangan yog‘ kislotasi olinadi. Distillyasiyaga tayyorlashni asosini moyni chuqur gidrotatsiya
qilish va oqlash tashkil etadi. Distillyasiyali rafinatsiya jarayoni bir qator qurilmalarda olib boriladi.
Eng ko‘p tarqalganlaridan biri bu, “Djanatssa” nomli Italiya firmasining liniyasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: