O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Takrorlash uchun savollar 
1.
Glitserin ishlab chiqarishni ahamiyati. 
2.
Glitserin olish usullari. 
3.
Texnik glitserin olish. 
4.
Distillangan glitserin olish. 
5.
Glitserinni distillyasiya qilish apparati 
6.
Distillangan glitserin ko‘rsatgichlari 
7. Glitserinni olinishi. 
8. Uzluksiz ishlaydigan «Pod’yomnik» apparatining texnologik sxemasi. 
9. Texnik glitserinni sifat ko‘rsatkichlari 
10. Glitserinni distillyasiyalashning texnologik sxemasi. 
16
-
MA’RUZA 
YOG‘ KISLOTALARI ISHLAB CHIQARISH 
 
Reja: 
Soapstokni qayta ishlash. Paxta soapstogidan xom yog‘ kislotolari olishning 
texnologik sxemasi va bayoni. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
soapstok, gidroliz, yog’ kislotasi, olein, stearin. 
Yog‘ kislotalari xo‘jalik va atir sovunlari, yuqori yog‘ spirtlari, alkid smolalarini ishlab 
chiqarish, plastifikatorlar sifatida, avtoshinalar ishlab chiqarishda va x.k. larni ishlab chiqarish 
uchun ishlatiladi. Yog‘ kislotasining suyuq fraksiyasi (olein kimyoviy tolalarni lavsan, neylon) 
ishlab chiqarishda ishlatiladi. Texnik stearin kislotasi avtoshinalarni, fotoplyonkalarni, polisti-
rollarni tayyorlashda ishlatiladi. Yog‘ kislotalarini olishda xomashyo sifatida tabiiy va 
gidrogenizatsiyalangan o‘simlik va mol yog‘lari, shuningdek soapstok qo‘llaniladi. Yog‘lardan yog‘ 


 102
kislotalari gidroliz yo‘li bilan olinib, olingan yog‘ kislotalari distillyasiya qilinadi. Soapstokdan 
yog‘ kislotalarini olish halq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Chunki soapstokni ishlatib o‘simlik 
va hayvon yog‘lari tejaladi. 
Soapstokni qayta ishlash.
Yog‘ tabiati va rafinatsiya usuliga ko‘ra soapstok tarkibida 30-
60 % yog‘ bo‘ladi. Soapstokni qayta ishlashning bir necha usullari mavjud. Och rangli yog‘larni 
rafinatsiyasidan (kungaboqar) olingan soapstokni konsentrlangan sulfat kislota bilan quyidagicha 
ishlanadi:
Soapstokka, uning og‘irligiga nisbatan 5% suv qo‘shiladi. Havo ta’sirida aralashtirib turib
konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi, bunda jarayon oxirida suvli qatlamda 2-3 % erkin H
2
SO
4
qolishi kerak. Bu aralashma 1-1,5 soat, 85-95
0
C da aralashtirib, 4-6 soat tindiriladi. Bunda sovunni 
parchalanishi natijasida eritma yuzasiga erkin yog‘ kislotalari va neytral yog‘ aralashmalari qalqib 
chiqadi. Uchta qatlam hosil bo‘ladi. Quyi, suvli qatlam, neytralizatsiyadan so‘ng yog‘ tutgich orqali 
kanalizatsiyaga tushiriladi. Oraliq qatlam (smolali moddalar), emulsiya yig‘uvchi sig‘imga 
yuboriladi. Yuqori, soapstok yog‘li qatlam, natriy sulfat va yog‘siz moddalardan tozalash uchun 
yuviladi, bu moddalar parchalanish jarayoniga va glitserin sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim 
vaqtda yog‘li qatlamni oldin karbonat sodasi bilan keyin esa suv bilan yuviladi. 
Hosil bo‘lgan yog‘ kislotalari va neytral yog‘ aralashmasi parchalanadi. Glitserin miqdori 
neytral yog‘ og‘irligiga nisbatan 7% ni tashkil qiladi. Parchalangandan so‘ng yog‘ kislotalari 
distillyasiya qilinadi. Paxta yog‘idan olingan soapstok boshqa yog‘lardan olingan soapstokka
qaraganda tarkibidagi yog‘ miqdorini ko‘pligi, yuqori qovushqoqligi va bo‘yovchi moddalar 
ko‘pligidan, qora rangda bo‘lishi bilan farq qiladi. Pigmentlarning turli xilligi va murakkab 
kimyoviy tabiati soapstokni qayta ishlanishini qiyinlashtiradi. 
Soapstok tarkibida neytral yog‘ bor, bu yog‘, yog‘ kislotasi bilan birga distillyasiya vaqtida 
yaxshi haydalmaydi. Soapstok sulfat kislota
bilan parchalashdan
oldin kaustik soda bilan sovunlanadi, ya’ni hamma soapstokdagi neytral yog‘ sovun holiga 
o‘tkaziladi. 
CH
2
OCOR CH
2
OH 


CHOCOR + 3NaOH
CHOH + 3RCOONa 


CH
2
OCOR CH
2
OH 
Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan sovun sulfat kislota bilan parchalanadi. 
2RCOONa + H
2
SO
4
RCOOH + Na
2
SO
4
Paxta yog‘idan olingan soapstokni sovunlanishining ikki xil usuli bor: 
1)
elimli usul 
2)
yadroli usul 
Elimli usulda soapstok 30-40% li kaustik soda eritmasi bilan sovunlanadi va hosil bo‘lgan 
yelimli aralashma tindirilmasdan sulfat kislota bilan parchalanadi. Yadro orqali olish usulida esa 
sovunli yelim tindiriladi va hosil bo‘lgan sovun yadrosi parchalashga yuboriladi. Qozonda qolgan 
sovunli yelim soapstok bilan neytrallanib osh tuzi bilan tuzlanadi. Tindiriladi yadro parchalashga
sovun osti ishqori esa yog‘ tutgichga yuboriladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin