O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Nazorat uchun savollar. 
 
1.
Yalpizdoshlar oilasining o’ziga xos sitematik belgilari? 
2.
Zubturumdoshlarning qaysi turlarini O’zbekistonda uchraydi? 
3.
Respublikamizda keng tarqalgan Murakkabguldoshlar oilasi 
vakillarining hayotiy shakllari va ahamiyatini ko’rsating? 
MAVZU: PIYOZDOSHLAR (
ALLIACEAE
), NARGISDOSHLAR 
(
AMARYLLIDACEAE
) VA GULSAFSARDOSHLAR (
IRRIDACEAE
) OILASI 
TURKUMI TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O’RGANISH 
QOIDALARI. 

Piyozdoshlar oilasi
 
— 
Alliaceae.
 
Bu oilaga piyozli va ildizpoyali ko'p yillik 
o't o'simliklar kiradi. Ko'pchilik turlari o'tkir hidli. Barglari yassi, tasmasimon yoki 
naychasimon, ildiz bo'g'zidan chiqadi. Gulpoyasi bargsiz, shoxlanmagan, uchida 
pardasimon ikkita gulyonbargehaning qo'shilishidan hosil bo'lgan qin bilan o'ralgan 
soyabonsimon to'pgul joylashgan. Gulqo'rg'on bargchalari qo'shilmagan yoki asosi 
biroz qo'shilgan bo'ladi. Gulqo'rg'on bargchalari va changchilari 6 tadan, urug'chisi 1 
ta, tugunchasi ustki, 3 uyali. Gul formulasi: P3t3A3, 3 G (3). Mevasi — ko'sakcha. 
Ko'pchilik turlarining to'pgullarida piyozchalar hosil bo'ladi. Bu oilaga 32 ta turkum 
va 750 taga yaqin turlar kiradi. Ikkala yarimsharda ham keng tarqalgan, lekin tropik 
hududlarda, Avstraliya va Yangi Zclandiyada uchramaydi. Ayniqsa, Shimoliy 
yarimsharda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda faqat bitta piyoz (Allium) 
turkumi uchraydi. O'rta Osiyoda uning 191 ta, O'zbekistonda 100 dan ortiq turi o'sadi. 
Bu turkum vakillari inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Ular antibiotiklarga 
juda boy, qimmatbaho dorivor va vilaminli sabzavot o'simliklar hisoblanadi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin