Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan
qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq
to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik
operatsiyalariga bog‘liq ravishda
soliqqa
tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga
xos xususiyatlari mavjud.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy
etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi
usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni
jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura
usuli hamda
ulgurji va chakana savdo,
vositachilik
xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish
usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga
tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va
mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu
summadan soliq hisoblangan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga
hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi
soliq summasini
hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo,
amaliyotda bu
tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda
byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi - yetkazib
beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq
summasi bilan bevosita
ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq
summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi.
Bu tartibdagi
hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi
va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi.