2022 № 1 909
takomillashtirish tendentsiyasining o‘ziga xos, muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda fakt - dalillarning nihoyatda ko‘payib ketayotganligi,
izlanishlarning yangi metodikasi va yo‘llarining paydo bo‘lishi bilim miqdorining
uzluksiz oshishiga olib kelmoqda. Bundan esa ta’lim berayotgan har bir o‘qituvchi
“o‘quvchilarni qanday qilib, qaysi usullar bilan bilim olish jarayonida faollashtirish
mumkin?” degan savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Bu esa ta’lim - tarbiya
tizimida yangicha metodik yondashuvlarni taqozo etadi. Shuning uchun, bugungi
kunda ta’lim jarayonida an’anaviy dars shaklini saqlagan holda o’quvchilarning
ta’lim olish faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman zamonaviy ta’lim
texnologiyalar keng qo’llanilmoqda. Bunday zamonaviy ta’lim texnologiyalari
asosida o‘quvchilarga fizikaviy hodisalar ko‘rgazmali tarzda tushintirilsa, albatta,
ularning egallaydigan bilim, kunikma va malakalari yig’indisi mujassamlashadi.
Shu maqsadda ushbu maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarning qo‘laylik va
imkoniyatlaridan foydalanib, termodinamika qonunlari mavzusini o‘qitishda
nazariy va amaliy bilimlarning mantiqiy, o‘zaro bog‘likligining metodik dars
ishlanmasi bayon etiladi. Bunda o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan energiyaning har
xil turlari o‘zaro bir-biriga aylanishi haqidagi ma’lumotlarni takrorlab, jismning
ichki energiyasi bir vaqtda ham issiqlik uzatish hisobiga, ham ish bajarish hisobiga
o‘zgaradigan murakkab jarayonlar aniq misollar bilan tahlil qilinadi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishcha, o‘quvchilar darsning dastlabki 15 minuti
davomida 41%, keyingi 30 minutida 25% hajmdagi materialni o‘zlashtirar ekan.
Shu sababli ma’ruzani ham zamonaviy faol usulida o‘tish maqsadga muvofiqdiq.
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining faollik davri hisoblangan dastlabki 10-15
minut davomida ma’ruzadagi ma’lumotlarni tushintiradi.
O’quvchilarga termodinamikaning I-qonunini o’rgatishdan avval, ularga
energiyaning saqlanish qonuni haqidagi bilimlarni, ya’ni mexanik energiyaning
saqlanish va aylanish qonunini; mexanik energiyaning issiqlik energiyasi (ichki
energiyasi) ga aylanishini va aksincha aylanish jaroyonini; jismlarning ichki
energiyasini o’zgartirish usullari (issiqlik yzatish, ish bajarish) ni; issiqlik uzatish