Rikardo David (1772-1823) — A.Smit ta ’limotining buyuk
davomchisi, sanoat to‘ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat
taqsimotini korxona doirasidan mamlakatlarga ham joriy etishni taklif
etgan, nisbiy ustunUk, nisbiy chiqimlar ustunUgi nazariyalariga asos
solgan. Fabrika davrini to‘g‘ri tushungan, fritreyderlikni (erkin savdo)
qo‘llab-quwatlagan.
Proteksionizm — lotincha, davlatning milliy iqtisodiyotini chet el
raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat.
Fritreyderlik — inglizcha, erkin savdo siyosati, proteksionizmga zid.
Bu siyosatni bozor munosabatlariga o'tgan davlatlar tashqi savdoda
qo'llaydilar.
Sismondi Shari (1773-1842) — Jenevada tug‘ilgan, Fransiyada
yashagan, mayda ishlab chiqarish iqtisodining asoschisi, yirik kapitalistik
ishlab chiqarishga qarshi chiqdi va buni «isbotlab berish»ga harakat qildi.
Mamlakatdagi barcha illatlar yirik ishlab chiqarish tufayli deb hisoblagan,
u kapitalizmni tan olmagan, davlat yo‘li bilan yirik korxonalami
tugatishni taklif etgan. Klassik maktabga muxolif.
Prudon Per Jozef (1809-1865) — fransiyalik mayda ishlab chiqarish
iqtisodchisi va sotsiologi, mayda ishlab chiqarishni himoya qildi, «ishchi
puli» orqali mahsulot sotishni, kapitalizmni isloh qilishni taklif etdi.
P. pulga qarshi bo‘lgan. Klassik maktabga muqobil fikrlar bildirgan.
Rodbertus Karl Iogann (1805-1875)
nemis iqtisodchisi, o‘z
iqtisodiy g‘oyalarini «Sotsial xatlap> shaklida ilgari surdi, qo'shimcha
qiymat, pul va renta bo‘yicha mayda burjuacha qarashlar tarafdori. Vulgar
qarash — «o‘ta soddalashtiiilgan», «soxtalashtirilgan» degan ma’nosi
bor, g‘ayriilmiy iqtisodiy nazariyalar majmuyi, asosiy namoyandalari
Sey (1767-1832) va Maltusdir (1766-1834). Ular kapitalizmni himoya
qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlaming tashqi ko‘rinishini tavsiflash
va «xo‘jako‘rsin»ga klassifikatsiya qilish bilan chegaralanib, hodisaning
mohiyatini tadqiq etmaydilar. Ularga faqat ayrim masalanigina olib, butun
muammoni hal qilish xosdir. V.k. namoyandalari klassik iqtisodiy
maktabni inkor etadilar.
Apologetika — biror g‘oya yoki ta’limotni xato bo‘lsa ham ko‘r-
ko'rona himoya qilish. Ma’lum sinf, guruhlar manfaati himoya qilinadi.