Institutsionalizm — lotincha «urf-odat», «muassasa», «ko‘rsatma»,
ya’ni ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi)
ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya. XX asming
20-30-yillarida AQSHda keng tarqaldi. T.Veblen (1857-1920),
J.R.Kommons (1862-1945), U.K.Mitchell (1874-1948), J.Gobson
(1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi vakil-
laridir, keyingilari esa Klark, Berli, G.Minz (50-yillar), Lou, Myur-
dal, Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr) obyektiv iqtiso
diy qonunlaming mavjudligini inkor etadilar.
Buyuk depressiya — 1929-1933 va hatto 1940-yilgacha AQSH va
jahondagi yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan,
ishsizlik 25% oshgan (17 mln.).
Keyns Jon Meynard (1883-1946) — ingliz iqtisodchisi, keynschi
likning asoschisi, 1929-1933 yillarda Buyuk inqirozni tahlil etib, jamoat
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida
davlatni kapitalistik iqtisodiyotni boshqarishiga asoslangan nazariyasini
yaratdi. Milliy daromad, kapital mablag‘, ish bilan bandlik, iste’mol,
jamg‘arish va boshqa iqtisodiy miqdorlaming tahliliga alohida e’tibor
berdi. «Boshqariladigan kapitalizm»ning tarafdori bo‘ldi, turli
yo'nalishlari mavjud. A.Marshallning do‘sti, marksizmning ashaddiy
dushmani, «aralash iqtisodiyot»ning otasi va «Iqtisodiy jumal»ning
muharriri. Asosiy asari «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» (1936).Multi plikator formulasini taklif etgan, investitsiya
laming o‘sishi, bandlik va daromadlaming o'sishi o'rtasidagi nisbatni
ko'rsatgan, masalan, AQSH uchun o‘sha davrda bu ko'rsatkich 2,5
bo'lgan, ya’ni investitsiya qilingan 1 dollar 2.5 dollar daromad keltiigan.
Likvidlik — moddiy ne’matlar va boshqa resurslaming tez pulga
aylana olish qobilyati; korxonani o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay
olish qobiliyati balansning aktiv punktlarini pulga aylantirish.