yeming yarim hosili yer egalariga (pomeshchikka) to'langan. Soliq doimo
oshib boigan. 1789-yilda (inqilob boshlangan yil) Fransiyada ikki million
xonavayron bo‘lgan dehqon bor edi.
Agrar masalani hal etish fiziokratlaming asosiy vazifasi bo‘lib qoldi.
Ular qishloq xo'jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar.
Fiziokratlar merkantilistlardan farq qiUb, o‘z tadqiqotlarini iqtiso
diyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko‘chirdilar.
Olimlar iborasi bilan aytganda, ular «zamonaviy siyosiy iqtisodning
haqiqiy otalari» edilar. Ulaming xizmati shundaki, o‘sha davr dunyo-
qarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ulami
boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo fiziokratlar
ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan cheklab
qo‘ygan edilar (Fransiyaning ta’siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni
samarasiz soha deb bilganlar.
Bu ta’Iimot, garchi uning ko‘pgina xatolari bo'lsa ham (bu haqda
quyida gapiriladi), haqiqatga yaqinlashish borasida navbatdagi muhim
qadam hisoblanadi. 0 ‘sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy siyosat
(Kolbeming merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi.
Ludovik XIV o‘miga kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosat-
ni davom ettirdi. Fransiya Angliya bilan yetti yillik urush ohb borib,
yengildi. Kanadadan va Sharqdagi bir qancha mustamlakalaridan ajraldi,
oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda
bu ahvoldan chiqish yo‘li tabiatdan qidirildi.
Fiziokratlaming dasturi bo'yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari
tugatilishi, fiskal (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona
soliq olinishi, mayda yer uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi
barcha proteksionistik to'siqlar bartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib
aytganda, Angliyadagi qishloq xo‘jaligiga xos ish yuritish taklif etildi.
Dostları ilə paylaş: