davr ta’siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar
bo'lib, asosiy boylik qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
F.Kene misolida uch sektor o‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan.
Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p
bo'lib, ular o‘rtasidagi aloqalar V.Leontevning «xarajatlar - chiqarish»
tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko'rinib turibdiki, bu
g'oyaning kurtaklari flziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hozirgi davrda
bu tarmoqlararo balans deb yuritiladi va u makroekonomik tahlilda,
umuman, iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo'lajak
iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy
maktab ta’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin
egallaydi. Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi
nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o'tkinchi
xarakterga ega bo‘ldi, chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi
o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalar ishlab chiqilishi zarurligini
taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof
mahsulot) faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog'liq qilib
cheklab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi xato tez namoyon bo'lib qoldi, sanoat
inqilobi natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayU fiziokratizm g'oyalari
unutilayozdi.
Dostları ilə paylaş: