Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

GERR PROFESSOR PLANK 
Maks Plankning odatiy ish kuni quyidagicha 
edi: tongda olim ilmiy ishlarini yozardi, 
keyin 
dars 
mashg„ulotlarini 
o„tkazib, 
shundan so„nggina nonushta qilardi. Keyin 
esa, musiqa ostida sayr qilar, boshqa olimlar 
bilan yozishmalarni olib borar edi. Maks 
Plankning qiziqishlaridan biri – alpinizm 
bo„lgan. 
79 
yoshida 

3674 
metr 
yuksaklikdagi Grossovenediger cho„qqisiga 
ham ko„tarila olardi. 1890 yildan boshlab, 
olim 72 yoshga to„lgan 1927 yilgacha, ya'ni 
37 yil davomida Berlin Universitetida dars 
berdi. Plank haftasiga to„rt bora ma‟ruza 
o„qirdi, shuningdek seminarlar olib borardi. 
Uning ma‟ruzalar sikli mexanika, gidrodinamika, elektrodinamika, optika, termodinamika va 
kinetik nazariyani o„z ichiga oluvchi uch yillik tizimni tashkil qilgan. Mazkur fanlardan har 
biri bir smestr davomida o„tilgan. Ko„rib turibmizki, Plank o„z zamonasi fizikasining barcha 
ilg„or bo„limlarini egallagan ekan.
 
Favqulodda aniqlik. 
Hind fizigi Shatyendranat Boze (1894-1974) Maks Plankning Berlindagi ma‟ruzalarida 
ishtirok etgach quyidagicha xitob qilgan edi: «
Maks Plank ma‟ruzlariga qatnashib shunga 
amin bo„ldimki, fizika fani, g„oya va taxminlarning minimumini ifodalovchi umumiy bir 
nuqtadan boshlab rivojlanuvchi yaxlit bus-butun ilm ekan
». Olim ma‟ruzalariga shuningdek 
Liza Meytner ham qatnashgan bo„lib, u oqibatda Plankning yaqin qadrdonlari doirasiga 
kirihsga ham musharraf bo„lgan. Uning xotiralarida Plank ochiqko„ngil mehmondo„st inson 
sifatida gavdalanadi: «
Mavzuning favqulodda aniq yoritilishiga qaramay, avvaliga Plank 
ma‟ruzalari ham men uchun boshqalarnikidan farq qilmaydigan, qandaydir zerikarli 
ko„ringandi. Lekin men bu fikr o„ta qattiq yanglishish ekanini tez tushunib yetdim. Plank 
shaxsi va bunday narsalar o„zaro zid tushunchalar ekan
». Maks Plankning pedagogik 
faoliyati shunchaki ma‟ruzalar o„qish bilan cheklanmagan. U qator darslik va qo„llanmalar 
ham yozgan bo„lib, chunonchi uning «Termodinamikadan ma‟ruzalar» kitobi hozirda ham 
qator oliygohlarda keng qo„llaniladi. Shuningdek zamondoshlari Plankni keng ommaga 
mo„ljallab yozilgan ilmiy-ommapob maqolalari orqali ham yaxshi tanishgan.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin