ILM-FAN HAMDA DIN: XUDONI TANISHNING IKKI XIL YOLI Maks Plank butun umri davomida chuqur diniy e‟tiqodli, Xudoga ishongan shaxs
sifatida yashab o„tdi. Umrining so„nggi yillarida uning e‟tiqodi yanda kuchaygan. Olim
o„zining ilm-fan hamda dinga nisbatan qarashlarini, 1937 yilda chop etilgan «
Din va fan » nomli risolasida bayon qilgan edi. Bu risola Plankning o„sha yil may oyida
o„qigan ma‟ruzalarining nashr varianti bo„lib, omma orasida katta shuhrat qozondi.
Plankning tasavvuricha, ilm-fan hamda din aslida ko„pchilik tushunadiganidek –
bir-biridan alohida, boshqa-boshqa tushunchalar emas: Aksariyat ateist kishilar da‟vo
qiladigandek, ilm-fan hamda din o„zaro teskari, zid narsalar ham emas. Balki din va fan
bir-birini to„ldiradigan, uyg„un ne‟matlardir. Olim shunday e‟tiqodni bayon qiladi:
Din - ateistlar aytgandek, uydirma, to„qib chiqarilgan narsa emas, balki, haqiqatan ham Oliy ilohiy tushunchadir; ayrim dindor peshvolar da‟vo qilganidek – fan ham uydirma, dindan yiroq narsa emas. Ilm-fan ham insonni Yaratganga yaqinlashtiradi: ilm, aqliy tajriba hamda tafakkur mahsuli o„laroq, inson qarshisida borgan sari olam sirlari, tabiat qonunlari ochila boradi. Inson borgan sari Yaratganning kuch-qudratini anglab, fahmlab yetadi. Davrimiz ilm-fani tabiatning ko„plab ajoyib sir-asrorlarini kashf qilib bergan bir zamonda, bunday fikrlash johillikdan o„zga narsa emas .
DIN VA AXLOQ AYRO BO‘LA OLADIMI? Plankning fikricha, ateizm, ya'ni, dinsizilik yanada xatarliroqdir. Bu o„rinda Plank
dinni insoniy axloq me‟yorlari bilan uzviylikda tasavvur qiladi: «
Dinsiz odamning axloqan sog„lom bo„lishi ham mumkin emas» . U shunday yozadi: «
Ateizmning g„alabasi, nafaqat insoniyat tamaddunining eng nodir javohirlarini barbod qiladi; undan ham battari, ateizm – yorqin kelajakka bo„lgan umidni ham o„ldiradi. Turli xil dinlarga e‟tiqod qiluvchi odamlarning Xudolari ham boshqa-boshqa emas. Yaratgan Xudo bitta. Faqat uni barcha millat va madaniyatlar o„z holatidan kelib chiqib idrok etishadi. Farq shunga ko„ra xolos. Din – insonni kamolotga eltuvchi omildir va u ham tarixan rivojlanib, mukammallashib boradi. Lekin bu degani dinga nisbatan bepisand munosabatda bo„lish mumkin degani emas. Chunki qachonlardir mavjud bo„lgan din, o„sha zamon jamiyatining ahvoliga mos bo„lgan. Bugungi din bugungi jamiyat uchun mosdir. Ko„pchilikni miyasiga bir marta bo„lsa ham keladigan an‟anaviy savol bor: «Xudo haqiqatan ham bormi yoki, u odam tasavvuridagi narsa xolosmi? Barcha tafakkur, aql va e‟tiqod o„limdan keyin intiho topadimi?» – bunday savolning yagona javobini faqat din bera oladi ».