kapalak effekti
deyiladi. Adabiy atamag o„xshab ketadigan ushbu ilmiy terminning
ma‟nosi – determinatsiyalangan xaosdir (aniq sabab-oqibat zanjiriga ega tartibsizlik).
Ushbu atamani ko„pincha noto„g„ri talqin qilinadi: tornado sayyoramizning faqat
ma‟lum mintaqalarida va muayyan ob-havo sharoitlarida yuzaga keladi. Xususan,
Alyaskada mussonlar bo„lmaydi va Madridda to„fon ko„tarilmaydi. O„z iborasida
Lorents shuni aytmoqchi bo„lganki, muayyan bir kundagi va joydagi atmosferaning
aniq hatti-harakati, boshlang„ich shartlarga juda-juda kuchli bog„liqdir; boshlang„ich
shartlarning juda sezilarsiz darajadagi o„zgarishining oqibati o„laroq, tornado bugun
emas, boshqa kuni bostirib kelishga o„zgarishi mumkin.
137
Braziliyadagi kapalakning qanot qoqishi Texasda tornadoga sabab
bo„ladi.
O„ylab qaralsa, determinatsiyalangan xaos ham tashlanadigan kubik misolidan
unchalik farq qilmaydi. Chunki kubikning qanday tomon bilan tushishi ham
boshlang„ich shartlarga chambarchas bog„liqdir. Masalan, o„sha kubikni sal
teparoqdan yoki, sal kuchliroq tashlansa, umuman boshqacha natijaga olib keladi.
Lekin kubikda yana biz nazorat qila olmaydigan ko„plab boshqa jihatlar ham bor:
qirralardan birining notekisligi, yuzalarining notekisliklari, u tashlanadigan stolning
qiyaligi va ho kazo. Lorents bayon qilgan narsa – uchta o„zfaruvchili sistema bo„lib,
ularning o„zini qanday tutishini oldindan aytib bo„lmaydi. Hozirgi kunda ilm-fanda
Lorents aytagniga o„xshash yana ko„plab misollar mavjud bo„lib, ularning paydo
bo„lishi va o„rganilishi oqibatida yangicha matematik strukturalar – fraktallar hamda,
g„alati attraktorlar sohalari yuzaga kelidi. Shunisi qiziqki, bularning natijasida,
oldindan aytib bera olmaslik omili mumtoz mexanika qa‟riga ham kirib keldi. Yani u
bizning kundalik hayotimizda ham o„z aksini topa boshladi. Aynan mana shu
muayyan holatni olib qarasak, bu o„rinda fizika Plank bashorat qilganidan tamomila
ters yo„nalishda ketmoqda. Lekin bu narsadan o„ta keskin xulosalar chiqarish kerak
emas. Noaniqliklar tamoyili fanga kirib kelganidan buyon, keyingi o„n yilliklarda eng
avvalo, fizik sistemalar dinamikasini yanasa chuqur o„rganilishi natijasida, qolaversa,
informatikaning keskin sakrashlar bilan taraqqiy etishi, axborotni qayta ishlash
samaradorligi va sifatining ortishi evaziga, eng muhimi esa, meteorologik kuzatuvlar
tarmog„ining sifat jihatdan yangi bosqichga ko„tarilishi tufayli, ob-havo ma‟lumotlari
har qachongidan ham kattaroq aniqlik bilan to„g„ri bo„lib chiqmoqda.
Ijtimoiy fanlarga keladigan bo„lsak, aytish joizki, o„tgan vaqt davomida ular
bosib o„tgan yo„l, fizikaning bosib o„tgan yo„li bilan mutlaqo qarama-qarshidir.
Sababiyat tamoyili – jamiyat va insonni tadqiq etish bilan shug„ullanuvchi olimlar
uchun hanuz fundamental ahamiyat kasb etib kelmoqda. Statistik anomaliya muttasil
takrorlanayotgan bo„lsa va uning qiymati katta bo„lsa, demak uni sababini aniqlamoq
darkor. Ta‟kidlash joizki, aynan ushbu omilni o„rganish natijasida, u yoki bu
kasallikning xatar omilini aniqlash va yangicha dori-darmonlarni kashf etishga
erishilgan. Xatar omilini aniqlash masalasi esa, ayrim hollarda butun boshli
xalqlarning ijtimoiy turmushida katta ijobiy o„zgarishlarga sabab bo„ldi. Hozirda
sababiyat tamoyilini tadbiq etgan holda, insonning irsiy omillari, oilaviy, iqtisodiy
yoki ijtimoiy sharoitlaridan kelib chiqib, uning hatti-harakatini, o„zini qay vaziyatda
qanday tutishini o„rganuvchi va bu narsalarni oldindan katta aniqlik bilan aytib bera
oluvchi tadqiqot yo„nalishlari mavjud. Albatta bu juda murakkab jarayon, lekin aytish
mumkinki, bunday tadqiqotlarning yakuniy maqsadi – biz bilan ro„y berayotgan
138
narsalarning
barcha-barchasini
aniqlash
imkonini
ko„zda
tutadi.
Plankni
tashvishlantirgan masala, ya'ni, insonning ixtiyor erki muammosi hozirda ham o„z
dolzarbligini yo„qotgan emas: Biz sababiyat qonuni doirasidan chiqa olmaydigan,
ixtiyori o„zida bo„lmagan, temirtan mavjudotlarmizmi? Tabiat hodisalarining sabaiyat
ketma-ketligi orasida inson shaxsining ixtiyor erki va mas‟uliyati tushunchasiga o„rin
bormi?
Plank insonning ixytiyor erki haqida yozgan vaqtlarda bu savol asosan falsafiy
nuqtai-nazardan qaralar edi va boshq olimlar bilan muhokama qilinardi. Hozirda esa
bu masala tobora ilmiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Biz «ilmiy tadqiqot
obyekti» deganimizda shuni nazarda tutamizki, bunda muayyan ilmiy gipotezalar
ilgari suriladi va ular qator laboratoriya tajribalari vositasida mukammal tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |