O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
 
QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH 
 
Yuradigan bemorlar har kuni ertalab quloqlarini mustaqil 
yuvadilar, o‘rinda uzoq muddat yotadigan bemorlar qulog‘ini 
tibbiy-ijtimoiy xodim (quloq kiri yig‘ilib qolmasligi uchun) vaqti - 
vaqti bilan tozalaydi, aks holda eshitish qobiliyati pasayib ketishi 
mumkin. Muolajadan oldin bemorga muolaja mohiyatini 
tushuntirib uni roziligini oladi. Quloq kiri quyidagicha chiqa-
riladi, qo‘llar yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi. Bemorga yarim o‘tirgan 
holat beriladi. Salfetkani sovunli eritmada ho‘llab, quloq supralari 
artiladi. Ustidan quruq salfetkada artiladi. Doka trundani pinset 
yordamida olib, bir necha tomchi 3% li vodorod peroksid 
eritmasida ho‘llab, o‘ng qo‘lda ushlab quloq suprasini yuqoriga 
va orqaga tortib tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanib olinadi. Trundani 
aylanma harakatlar bilan 1 sm chuqurlikkacha tashqi eshituv 
yo‘liga 2 – 3 daqiqaga tiqiladi, so‘ngra yig‘ilib qolgan kir aylan-
ma harakat yordamida chiqariladi. Kir ko‘p yig‘ilib qolganda 
quloqni katta shprits (sig‘imi 150 ml gacha bo‘lgan Jane shprits) 
yoki rezina nokcha bilan shprinsovka qilinadi. Yorug‘lik manbayi 
quloqni yaxshi yoritib turishi uchun bemorni ro‘paraga boshini 
yon tomonga qiyshaytirib o‘tkazib qo‘yadi. Bemorning qo‘liga 
lotok berilib va uni bo‘yniga, quloq suprasi ostiga bosib turadi. 
Tibbiy-ijtimoiy xodim chap qo‘li bilan quloq suprasini orqaga va 
yuqoriga tortib turadi, eritma oqimida uning yuqori orqa devor 
bo‘ylab bosim bilan yo‘naltiriladi.
Agar bemor burun yo‘llarini o‘zi tozalay olmasa, tibbiy-ijti-
moiy xodim tozalab qo‘yishi lozim, buning uchun - tibbiy-ijti-
moiy xodim qo‘llarini tozalab yuvadi. Bemorning boshini orqa-
ga egib, burun yo‘llariga vazelin moyi, glitserin yoki istalgan 
moyli eritmaga ho‘llangan paxta pilik kiritiladi va 2 – 3 daqiqa-
dan so‘ng aylanma harakatlar bilan qatqaloqlar chiqariladi. Bu 


94 
muolaja nihoyatda oddiy, biroq e’tibor va sabr - toqatli bo‘lish-
ni talab etadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin