63 holatda – til(lar)dagi dunyo manzaralarining ko‘p xilligidan obyektiv olamning bir
xilligiga boradi. Birinchi holatda tilga oid voqelik ko‘riladi, ikkinchi holatda tildan
tashqaridagi obyektivlik yuzaga keladi. Bunda shunisi e’tiborliki, hozirgi paytgacha
tadqiqotchilar ushbu muammoning birinchi va ikkinchi jihatlari yuzasidan bir qator
xulosalar bildirishgan. Qayd qilinishicha, til birligining hosil qilinishida quyidagi
omillar majmui ishtirok etadi:
1) ekstralingvistik – fikrda va tilda aks ettirilgan voqelikning obyektiv tabiati bilan
bog‘liq omillar; 2) konseptual – obyektiv olamning inson ongida aks ettirilishi
qonuniyatlari bilan bog‘liq omillar; 3) xususan tilga doir inson tilida amal qiladigan
xususiy qonuniyatlar bilan bog‘liq omillar”.
A.A.Vetrov yuqorida bayon qilingan fikrlariga yakun yasab, shunday yozadi:
dunyoning tilga oid mazarasini ikkita modelda: 1) til modeli, 2) konseptual modelda
tasavvur qilish mumkin. Ushbu modellarning mazmuni, bayon qilish uslubi va usullari
bir xil emas.
G.V. Kolshanskiy “dunyo manzarasi” muammosi bilan bog‘liq quyidagi jihatlarni
keltiradi:
Inson dunyo manzarasining obyektivlashtirilmagan (moddiylashtirilmagan)
holatida bunday manzara lokallashtirish “maydoni” hisoblanadi;
1. “Dunyo manzarasi” quyidagi hollarda inson tomonidan yaratiladi:
a) hayotiy faoliyatga asos bo‘ladigan dunyo obrazlarining predmetlashtirilishi,
obyektivlashtirilishi natijasida, bu o‘z mohiyatiga ko‘ra dunyo obrazining qayta yuzaga
chiqishi hisoblanadi va b) refleksiya jarayonida yangi obrazlarning ishlab chiqilishi
natijasida, bu dunyo obrazining qurilishidan iborat bo‘ladi;
2. Dunyo manzarasi – bu voqelikning ko‘zgudagi aksi emas, balki uning muayyan
tarzdagi talqinidir, chunki “olamni muayyan prizmalar orqali ko‘rish hisobiga
yaratiladigan dunyoning har qanday manzarasi har doim muqarrar ravishda insoniy
subyektivlik, o‘ziga xoslikning belgilarini o‘z ichiga oladi. Dunyo manzarasi insonning
olamni idrok etishi negizi bo‘lib, o‘zida uning asosiy xususiyatlarini mujassam etadi”
ki, bu tilning antroposentrikligi bilan bog‘liqdir.
NATIJA M.Xaydegger fikricha, “dunyo manzarasi” tushunchasi quyidagilardan iborat
bo‘ladi: “manzara” so‘zini eshitib biz avvalo nimaningdir in’ikosi to‘g‘risida o‘ylaymiz.
Shunda dunyo manzarasi go‘yoki umuman butun borliqning aksi bo‘ladi. Biroq dunyo
manzarasi birmuncha kengroq ma’noga ega. Biz bunda dunyoning o‘zini, umuman
uning butun borlig‘ini biz uchun belgilovchi va shart hisoblanadigan tarzida nazarda
tutamiz. Bu o‘rinda manzara chizilgan narsaning emas, balki nutq orqali eshitilgan
narsani anglatadi: biz nimaningdir manzarasini o‘zimizga tasavvur etamiz...