Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
 
 


372 
 
KIRISh 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy 
ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o‘rin tutadi. 
BHXSlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida 
xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof etuvchi 
mamlakatlar soni oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham BHXSga o‘tishning 
o‘ziga xos yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli 
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy yetish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha 
aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit 
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni 
o‘tkazishi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va 
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga 
qadar aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga 
muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan. 
Bundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi 
PQ-2454-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, aksiyadorlik 
jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda xorijiy 
investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy 
hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida 
tuzilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aksiyadorlik jamiyatlarining 
moliyaviy hisobotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tushunishiga va ishonch hosil qilish 
lozimligiga erishadi. 
O‘zbekiston Respublikasida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha 
612 ta aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, ularning moliyaviy hisobotlari auditorlik 
tashkilotlari tomonidan transformatsiya qilinib, elektorn saytlarida e’lon qilingan hamda 
investorlarning ishonchini oqlash maqsadida xalqaro standartlar asosida tayyorlangan 
hisobotlar jahon tili – ingliz tilida tarjima qilinib, 2016 yildan boshlab amalga oshirib 
kelinmoqda. Respublikamizda bu yangi bosqich bo‘lganligi sababli, MHXS 1 
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” 
nomli 
standartiga asosan tranformatsiya jarayonlari amalga oshirildi. Shu sababli, ushbu 
masalalar to‘plamida talabalar amaliy jarayonlarni o‘rganish maqsadida bilimlarni 
oshirib borish imkoniyati yuzaga keladi. 


373 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin