11mavzu Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning diqqat xususiyatlari
Reja
1.Diqqatning asosiy xususiyatlarini shakllantirishning o„ziga xosligi.
2.Korrektur proba, Shulte jadvali, Myunsterberg metodikasi
Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarning diqqat xususiyatlari «Diqqat -
ongimizning muayyan obyektga yo'naltirilishi va unda to'planishidan
iborat psixik
holat. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi»i - deb
bayon etilgan izohli lug'atda. Diqqat mohiyati inson tomonidan biror narsalarni aniq
aks ettirishda ko'zga tashlanadi. Bir vaqtning o'zida boshqa narsalardan biror
predmetni ajratib idrok etishga yordam beradi. Diqqatning
fiziologik asosini bosh
miya ayrim qismlaridagi qo'zg'alishlarning ayrim markazlarda to'planishi tashkil
etadi. Inson tomonidan sezgilar orqali qabul qilinayotgan barcha narsalarni idrok
etish diqqatsiz amalga oshmaydi. Idrok, demak diqqatsiz yuz bersa yuzaki,
fragmentar sodda tarzda amalga oshadi.
Shu bois, o'quvchilarning o'quv fanlarini
to'la, keng o'zlashtirishlarida, ma'lumotlarni tushunishlarida diqqat jarayoni o'ta
muhimdir. Shu bilan birga diqqat xususiyatlari: turg'unlik, bo'linuvchanlik,
taqsimlanish, ko'chish kabilar ham tez sur'atlar bilan takomillashib boradi. Diqqatni
biror joyga to'play olish, uni shu nuqtada ma'lum 1 PSlxologiya. Qisqacha izohli
lug'at. - T.: 1998. IS-b. 84 muddat ushlab turish diqqatning sifatlaridandir. Diqqatni
bo'la olish har bir shaxsning qo'lidan kelavermaydi.
Bu narsa asab tolalari
hujayralarining harakatchanligiga bog'liq. Diqqat asosan o'quv faoliyat asosida
amalga oshib boradi. Normal eshituvchi shaxslarda ham, eshitish qobiliyati buzilgan
shaxslarda ham ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi diqqatni tarbiyalashdir. Nuqsonli
bolalar diqqati qator bolalarda, bolalar diqqatini o'qituvchi, tarbiyachining og'zaki
nutqi
boshqarib borsa, eshitish qobiliyati buzilgan bolalar diqqatida ko'rish
taassurotlari yetakchilik qiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar bir vatqning o'zida
ham ko'rgazma materiallami idrok qilish, ham o'qituvchining labidan uqib olishi
amalda mum kin emas. Shu bois, bu bolalarga dastlab narsalar namoyish etiladi.
Undan keyin ular tushuntiriladi. Bu toifa bolalarda I va
II signal tizimlari orasida
munosabatlar tez shakllanmaydi. Sinflar yuqorilashgan sari eshitishida nuqsoni
bo'lgan bolalar bosh miyalaridagi qo'zg'alish markazlari izchillashib boradi. Asta-
sekin bu holat normal bolalar xususiyatlariga yaqinlashib boradi. Bu ishlar
surdopedagogning ishini birmuncha murakkablashtiradi. Ayniqsa, boshlang'ich
sinflarda o'qituvchi, tarbiyachilar og'zaki ko'rsatmalar bilan bolalar diqqatini
boshqara olmaydi. Bu toifa bolalar diqqatini ko'rish va tebranish qo'zg'atkichlari
orqali boshqarib borish imkoniyati mavjud. Bu bolalar diqqatini to'plash, yig'ish,
tarbiyalashda turli-tuman ko'rgazmali qurollardan keng foydalanish
ijobiy samaralar
beradi. Og'zaki nutq umuman nutq orqali karlar bilan muloqot qilish
surdopedagoglarning bolalar bilan bo'ladigan faoliyatlarida asosiy vositadir. Bu
bolalarda nutqni o'stirish orqali ular diqqatini boshqarib, tarbiyalab borish mumkin.
Shu narsa juda muhimki, gapirayotgan kishining lablariga
butun diqqatni qaratish
oson vaziyat, ish emas. «Labdan o'qish, - degan edi F.F. Rau, - bu nutq a'zolaridan
chiqayotgan og'zaki nutqni ko'rish idrokidir». Bu narsa gapirishga oson. Ammo, uni
bu yerda qanchalik diqqat zarurligini anglamoq uchun boshdan kechirmoq kerak. Shu
bois, bu toifa bolalar normal eshituvchi bolalardan ko'ra tezroq, ko'proq
charchaydilar. Bu bolalarga yordam tarzida daktil nutqdan foydalanish tavsiya
etiladiki, bu usul orqali bolalar idroki yengillashib, o'quv 85 materiallarini
egallashlari osonlashadi. Daktil nutqi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta'lim-
tarbiyasining dastlabki yillarida keng qo'llanilishi tavsiya etiladi. Eshitishida nuqsoni
bo'lgan
bolalar
diqqatini
ushlab
turishning
uchinchi
xususiyati,
sharti
surdopedagogning sinfdagi o'zini to'g'ri tutishidir. Surdopedagog quyidagi qoidalarga
amal qilmog'i zarur. Butun sinfga yuzi bilan qaragan holda darsni olib borishi.
Mumkin qadar sinfda bilim berganda yurmasligi, to'g'ri kelgan holda tushuntirmasligi
lozim. Ko'rgazma qurollar namoyish qila turib, bir vaqtning o'zida uni tushuntirishga
harakat qilmasligi kerak. Kar va zaif eshituvchi bolalarning diqqatlarini to'plashning
to'rtinchi
sharti shuki, darsda mumkin qadar ko'proq ko'rgazma qurollardan
foydalanish lozim. Beshinchi sharti shundan iboratki, eshitishida nuqsoni bo'lgan
bolalar diqqati ovozli qo'zg'atkichlarga bog'liq emas. Eshitish qobiliyati buzilgan
bolalar diqqatini to'plash, bir maromda ma'lum mudd
at ushlab turishning asosiy
omillaridan biri mimikalardir. Bu narsa juda katta ta'sirga, jalb etuvchi kuchga ega.
Kar va zaif eshituvchi bolalarda diqqat maxsus ta'lim-tarbiyaning asosiy talablaridan
hisoblanadi. Eshitishida nuqsoni bo'igan bolalar diqqatini tekshirish va korreksiyalash
metodikasi Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar diqqatini tekshirishda bolalarning
yosh hamda nutqi rivojlanganlik holatiga muvofiq metodikalar tan lab olinadi.
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning
turg'un diqqatini tekshirishda Landolt namunalaridan (shaklli, raqamli, harfli jadval)
foydalaniladi.
Savol va topshiriqlar 1. Diqqatga ta'rif bering.
2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar diqqat turlari, ularning xususiyatlari
haqida gapiring.
3. Kar va zaif eshituvchi bolalarda diqqatni tarbiyalash masalalarini yoriting.