O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Radio va mobil aloqa tizimlari “ fakulteti
“Ekologiya ”
fani bo’yicha
MUSTAQIL ISHI
Bajardi:Islomov Og’abek
Tekshirdi: Saidova Gulchexra
O‟simlik dunyosi va uni muhofaza qilish 13.О‘simliklar dunyosini
muxofaza qilish. O`simliklarni tabiatda tutuan o`rni, xususiyatlari
Reja:
1. O’simliklar va hayvonlar xilma-xilligi va ahamiyati.
2. Noyob va qirilib borayotgan organizmlar.
3. O’zbekiston o’simliklari .
4. O’zbekiston “Qizil kitobi”
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
6.Xulosa.
Yo’qolgan turlar
Hech bir inson dinozavrlarning yo’q bo’lib ketish sababini aniq dallillar
bilan aytib berolmaydi. Bir narsa aniqqi, inson faoliyati va tabiatga ta’siri
dinozavrlardan keyin paydo bo’ldi. Bugun boshqacha hayot. Yo’qolib
borish arafasidagi turlar soni oshmoqda. 1980 yildan 2000 yilgacha AQSH
da 40 ga yaqin o’simlik va hayvon turlari yo’q bo’lib ketdi. Sababi,
insoniyatning yer yuzini katta maydonlarini egallashi va o’zlashtirish,
ehtiyojlarini qondirishi hisobiga turlar soni kamayibketmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik Yeryuzida barcha
ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo„qolishiyoki kamayib ketishi
har xil tur populyatsiyasi uchun noqulaylik keltiribchiqaradi, zero, turlar
doimo bir-biri bilan turlichao„zaro bog„langan. Suv ekotizimi va quruqlik
ekotizimlarida turlar xilmaxilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb
muammolaridan biri bo„lib qolmoqda.Tabiat resurslaridan oqilona
foydalanmasligimiz oqibatida, qanchadanqancha turlar va notirik
komponentlar xavf ostida qolayapti. Tabiatning chiroyli manzarasi,
ko„rkam go„shalari, o„zining hayvonot va o„simlik olamining
g„aroyibotligi bilan ajralib turuvchi biosferani saqlash har birimizning
insoniylik burchimizdir.
Biologik xilma - xillik tropik o„rmonlarda, ya‟ni doimiy namiqlimli
hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy bog„ida
yuqoribioxilma-xillik mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi okean bioxilma -
xilligidan 25 marotaba yuqori. Yeryuzida mavjud bo„lgan 8,7
millionturning 2,1 millioni okean uchun xos ekanligi baholandi.
Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo„lgan mamlakathisoblanib, u
yerda endemik turlar ko„p. Ya‟ni bu turlar boshqa biromamlakatda
uchramaydi. Yerda mavjdu bo„lgan turlarning 10% gayaqini
Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko„proq qush turlari Yevropava
Shimoliy amerikaga qaraganda ko„proq. Kolumbiyada dunyo
sutemizuvchi turlarining 10%i uchraydi
Dunyoning suvda va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo
qushlarining 18%i Kolumbiyadauchraydi.
Indoneziya dunyo gulli o„simliklarining 10% ini,
sutemizuvchilarning 12% ini, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar
vaqushlarning 17% ini o„z ichiga oladi.
Madagaskar orolidagi florada o„simlik turlarining 66%
iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya orollarida 82-90%.
Janubiy Xitoy ning Chjetszyan proventsiyasida Sharqiy osiyoningginko
daraxti yovvoyi holda faqat shuyerda o„sadi. AQSH g„arbidagibir qancha
rayonlarda mamont daraxti faqat shuyerlarda o„sadi.
Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti
saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza
qilish ko‟pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga
asoslangan bo‟ladi.
Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo‟lib,
u xuddi, xalqaro bog‟lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi
bo‟ladi .
1872-yilda birinchi Xalqaro bog‟ Yellow Stone National Park hisoblanib,
AQSH da tashkil qilingan. O‟sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug‟ular
Shimoliy Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o‟zgartirilgan edi. Bu
hayvonlar ozuqa to‟plash uchun yerning ko‟plab hududlarini darbadar
kezardilar. Agar ularning tabiiy muhiti kichik bo‟lsa ular yashay
olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq kuniga katta miqdorda ozuqaga
muhtoj bo‟ladi. Kulrang ayiqga o‟z qornini to`ydirishi uchun bir
nechayuz km hududlar kerak bo‟ladi. Milliy bog‟lar va yovvoyi hayot
hududlarisiz ba‟zi hayvonlar hozir mavjud bo‟lgandan ancha kam
bo‟lishlari mumkin edi 2
.
O‟simliklar dunyosi.
O‟simliklar dunyosi erdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380
mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t. dengiz va
okean o‟simliklariga, 38 mlrd. t. o‟rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi
o‟tloqlarga to‟g‟ri keladi. Bundan tashqari o‟simliklar, ya‟ni yashil
o‟simliklar tufayli fotosintez jarayoni bo‟lmasa, havodagi uglerod
(CO2)ning miqdori ko‟payib kishilar va hayvonlar nobud bo‟lur edi. Biroq
atmosferadagi suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o‟sha CO2 gazi
o‟simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o‟simliklar
atrofga kislorodni chiqarib turadi.
Shunday qilib, fotosintez orqali er sharidagi suv 5,8 mln. yilda,
atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid 7 yilda bir marta
yangilanib turadi.
O‟simliklar inson uchun oziq-ovqat, yem-xashak, dori-darmon, kiyim-
kechak va boshqa ko‟pchilik moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi.
Halqimiz tomonidan ko‟p ishlatiladigan va keng tarqalgan dorivor
o‟simliklardan foydalaniladi. Bularga isiriq, ermon, chakanda, aloye,
na‟matak, gazanda va boshqalar misol bo‟la oladi.
O‟simliklar inson organizmidagi turli yuqumli kasalliklarni davolashda
katta ahamiyatga ega.
Insonlar o‟simliklardan chorva mollari uchun ham yem-xashak sifatida
keng ko‟lamda foydalanadilar.
O‟zbekistonda g‟o‟za o‟simligi asosiy homashyo hisoblanib, undan turli
maqsadlarda foydalaniladi.
Insonlar o‟simliklardan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi.
O‟simliklarni inson hayotidagi muhim tomonlaridan biri, atrof-muhitni
ko‟kalamzorlashtirishdir, chinor, terak, eman, igna bargli doim yashil
o‟simliklar shular jumlasidandir. Bundan tashqari ular havodagi changni
tozalab, uni kislorod bilan boyitadi.
O‟simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda
o‟rmon o‟simliklari alohida o‟rin egallaydi. Respublikadagi o‟rmonlar
yagona davlat o‟rmon fondini tashkil etadi. O‟zbekiston o‟rmonlari
o‟zining xususiyatlari bilan tog‟, cho‟l, to‟qayzor va vodiy o‟rmonlariga
ajratiladi (1-sxema).
1-sxema
Hozirgi vaqtda tog‟ o‟rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy
o‟simligi archa hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat.
Cho‟l o‟rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o‟rmonlarning asosiy
o‟simligi saksovulzorlardir.
To‟qay o‟rmonlari ilgarilari juda zich bo‟lib, hozirda atigi 25 ming ga
maydonda saqlanib qolgan. Vodiy o‟rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan
daraxtlar tashkil etib, ular 12ming ga dan iborat.
XX asr boshlarida O‟zbekiston o‟rmonlarining maydoni 4-5 martaga
qisqardi. Ayniqsa to‟qay o‟rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi.
Dunyo bo‟yi o‟rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari
o‟rmonlarni kesilishi avj olib, ularning tiklanishi etarli emas. O‟rmonlar
kesilishini yillik hajmi 3 mlrd.m3ni tashkil etadi. Bu FAO (BMTning oziq-
ovqat va q/x tashkiloti)ning ma‟lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib
1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik o‟rmonlar (Yer yuzining 7%idan
iborat) holati g‟oyat tashvishlidir.
Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida
bundan 1,5 ming yil muqaddam o‟rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan
bo‟lsa, hozir ular 27% ni tashkil qiladi. Ko‟p mamlakatlardagi sanoat
manbalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda ko‟p o‟rmonlar kesilib,
ularning o‟rniga katta-katta zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va
fabrikalarda chiqayotgan chiqindilar atrofmuhitni ifloslanishi natijasida
ko‟plab nodir va noyob o‟simlik turlari qirilib ketishiga sabab bo‟lmoqda.
BMTning rasmiy ma‟lumotlariga qaraganda sanoat rivojlana boshlagan
davrdan 250 ming xil o‟simlik turi yo‟q bo‟lib ketishi xavotir ostida
ekanligi ta‟kidlangan. O‟zbekiston Respublikasida mustaqillikka
erishgach atrof-muhitni, hayvonot va o‟simliklar dunyosini muhofaza
qilishga alohida e‟tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza
qilish» to‟g‟risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan
hududlar» to‟g‟risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O‟simliklar
dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish» to‟g‟risida
qonunlar qabul qilindi. Ushub qonunlarda tabiiy sharoitda o‟sadigan
o‟simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini
saqlash uchun ekib o‟stiriladigan yovvoyi o‟simliklarni muhofaza qilish
va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar to‟g‟risida boradi.
2-modda – O‟simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasidagi munosabatlar to‟g‟risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari
quyidagilardir:
- Floraning tur bo‟yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda
saqlab
qolish. Tabiiy o‟simlik jamoalarining va yovvoyi o‟simliklar o‟sadigan
muhitning
bir butunligini saqlab qolish.
- O‟simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni
ta‟minlash yuridik va jismoniy shaxslarni o‟simliklar dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.
4-modda - O‟simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasidagi davlat boshqaruvi.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari,
shuningdek, mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari
boshqaruv organlaridir. YUridik va jismoniy shaxslar o‟simliklar dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‟g‟risidagi qonun hujjatlarda
belgilangan tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart.
Bu qonunlar barcha o‟simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab avaylash
va muhofaza qilishda muhim hujjatlar bo‟lib hisoblanadi. O‟zbekiston
Respublikasi hududida 4,5 mingga yaqin o‟simlik turlari mavjud. Ular
orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‟pgina kamyob, endem va relekt
turlari ham. Unday turlarning soni 301 ta bo‟lib O‟zbekiston
Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Mustaqilligimiz sharofati
bilan bunday muhofazaga muhtoj o‟simliklar
borasida ko‟pgina ishlar qilindi (1-2-jadval).
О’zbekiston Respublikasi hududida 4,5 mingga yaqin yovvoyi о’simlik va
2000 dan ziyod zamburug’ turlari mavjud. Shundan 577 tasi dorivor, 103
turi bо’yoqbop, 560 turi efir moyli о’simliklar hisoblanadi. Ular orasida
jiddiy muhofazaga muhtoj kо’pgina kamyob, endem va relikt turlar ham
bor. Bunday turlarning soni 400 ta atrofida bо’lib, ular О’zbekiston
florasining 10-12 % ini tashkil etadi.
Aholining tabiatga notо’g’ri munosabati ham о’simliklarning kamayib
ketishiga sabab bо’lmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qizil lola, sallagul,
shirach va shunga о’xshash nafis gulli о’simliklarning juda kamayib
ketganligining guvohi bо’lib turibmiz.
О’simlik turlarini saqlash va muhofaza qilish uchun 1979 yilda
О’zbekiston “Qizil kitobi” ta’sis etildi. Qizil rang - xavfli, ta’qiqlovchi va
ma‟n qiluvchi ramziy ma’noni anglatadi. “Qizil kitob” nabotot olamining
kamyob, yо’qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal
ma‟lumot beradi. Uning vazifasi - jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat
muhofazasi masalasiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab
qolishga kо’maklashishdan iborat.
О’zbekiston florasining yо’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi “Qizil
kitob”ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan. Shuni esda tutish kerakki, “Qizil
kitob”ning birinchi jildi (tomi) hayvonlar bо’yicha bо’lib, 1983 yilda nashr
qilingan.
1998 yilga kelib, О’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan о’simlik turlarining
soni 301 taga yetdi. 2009 yilda nashr etilgan О’zbekiston
Respublikasining «Qizil kitobi» ga esa 321 ta о’simlik va 3 ta zamburug„
turlari kiritilgan.
О’simlik dunyosini muhofaza qilish jarayonida keng omma ishtirok etgan
taqdirdagina ijobiy natijalarga ega bо’lish mumkin. Shundagina, biz
kelgusi avlodlar uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab
qoldirgan bо’lamiz.
Foydalanilgan adabirotlar:
1. fayllar.org
2. Hozir.org
3. O’simliklar va ularni muhofaza qilish (kitob)
4. Lex.uz
5. Kiberlenika
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’simliklarni tabiatda tutgan urni
beqiyosdir insoniyatni hayvonot dunyosini asrab qolish aniqrogi tirik
qolish maqsadida ham o’simliklarni asrashimiz ularga beetibor
bulmasligimiz kerak agar tabiatda o’simlik kamayishni boshlasa dunyoda
kislorod tanqisligi vujudaga keladi shuni orqasidan yuq kasalliklar ham
paydo katta muammolar kelib chiqishi ham mumkin
Dostları ilə paylaş: |