AMIRLIKDA SAVDO-SOTIQNING RIVOJLANISHI
(AMIR SHOHMUROD MISOLIDA)
https://doi.org/10.5281/zenodo.6602160
Xakimov Jahongir
TKTI Shahrisabz filiali
assistent o’qituvchi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada Buxoro amirligida Amir Shohmurod davrida savdo
spotiqning rivojlanishida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirilgan. Bunda asosan
Shohmurodning islohatlari, pul muomalasi, karvonsaroylarga bo’lgan etiborini
ko’rishimiz mumkin.
Kalit so’zlar:
Buxoro, Shohmurod, fulus, duyum, karvonsaroy, islohat, savdo-sotiq.
Annotation
:
This article discusses the work done in the development of the trade
spot in the Emirate of Bukhara during the reign of Amir Shohmurod. We can see
Shohmurod attention to reforms, money circulation, and caravanserais.
Keywords:
Bukhara, Shohmurod, fulus, duyum, caravanserai, reform, trade.
Har qanday vujudaga kelgan davlat yoki hokimyatga kelgan sulola malakat
iqtisodini rivojlantirishga harakat qiladi. XVIII asr o’rtasida vujudga kelgan
Bu
xoro amirligiham bundan mustasno qolmadi. Mang’itlar sulolasining dastlabki
davrida mamlakatdagi boshqa sohalar bilan bir qatorda ichki savdo
munosabatlariga ham alohida e’tibor talab qilar edi. Buxoro amirlari ichida
alohida o’rin turgan Amir Shohmurod s
avdo-sotiqni rivojlantirishga alohida
e’tibor bergan.
Amir Shohmurod davrida mamlakatda barqarorlik o’rnatildi, barcha sohalar
rivojlandi, ayniqsa savdo munosabatlar taraqqiy etdi. Amir Shohmurod poytaxt
Buxoro shahriga ham alohida e’tibor bergan edi. Uning davrida Buxoroda ko’plab
karvonsaroy bo’lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar.
Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Buxoro
karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini
karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan.
Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga
oshirilgan.
Savdo-sotiq markazi Buxoroda 1848-yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va
ko’plab bozorlar mavjud bo’lgan.
1 Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-
tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilingan.
Samarqandning Registon maydoni yaqinida Amir Shohmurod tomonidan
qurdirilgan oltiqirrali Chorsu inshooti Buxoro amirligi davrida yirik savdo
maskanlaridan biri hisoblangan. Bu savdo inshootning yana bir nomi “Toqi
musaddas” bo’lgan. Bu yerda kiyim
-kechak, zargarlik buyumlari, mushkambar
va boshqa qimmat mahsulotlar sotilgan. Samarqandda ochiq bozor shahar
markazi bo’lgan Registon maydonida tashkil etilgan. Amir Shohmurod
Samarqand shahrini tiklagach, shahar iqtisodiyotini ko’tarish maqsadida u
yerdagi savdo munosabatlarni yo’lga qo’ygan bo’lsada, uning vafotidan
keyingina ya’ni XIX asrdan boshl
ab rivojlana boshlaydi. Amir Shohmurod
bunyod etgan guzarlardagi hayot hunarmandchilikka asoslangani bois, shahar
bozorida hunarmandchilik mahsuloti ko’p bo’lgan. Dastlab shahar atrofidagi
hududlardan kelgan savdogarlar bu yerga kelib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va
boshqa mahsulotlarni olib kelib sotishgan yoki mahsulot ayirboshlashgan. XIX asr
o’rtalarida samarqandlik savdogarlar ham amirlik hududidagi boshqa yirik
bozorlarga, Qo’qon xonligi, Afg’oniston va Rossiya hududlariga savdo
-sotiq
uchun borishgan.
B
uxoro amirligining barqarorligini ta’minlagan, iqtisodiyotining istiqbolini
belgilagan, ichki va tashqi savdo munosabatlarida asosiy rol o’ynagan voqea Amir
Shohmurodning pul islohotini o’tkazishi bo’ldi. Amir Shohmurodning
islohotlaridan pul islohoti tari
xda ko’p mashhur bo’ldi. Amir Shohmurod
mang’itlar sulolasi vakillari orasida birinchi bo’lib yangi pul sistemasiga asos
soldi, u 1785-1800-
yillar davomida to’la qimmatga ega bo’lgan “ashrafi” yoki tillo
deb nomlangan oltin tanga, kumush va mis pullarni z
arb qildi. Bu an’ana butun
Buxoro amirligi hukmronlik qilgan davrdan boshlab, Buxoroda tanga pullarni
zarb qilish to’xtatilgan 1904
-1905 yillargacha davom etdi. 1785-yilga qadar Buxoro
davlatida ashtarxoniylar zarb etgan tarkibida aralashmasi ko’p va sof bo’lmagan
kumush tangalar muomilada bo’lib kelgan. Mazkur tangalarning ko’rinishi to’la
yumaloq bo’lmagan shaklda va tanganing faqat markaziy qismidagi yozuvlargina
qisman o’qilishi mumkin bo’lgan.
2
Amirlik aholisining barcha qatlami eski tangalardan charchab, qiymati
yuqori tangalarga anchadan beri ehtiyoj sezib kelayotgan edi. Chunki
1 Azamat.Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.2001.301-b.
2 Shamsutdinov R. “Vatan tarixi” 2-jild, T.; “Sharq” 2012 y. 233-235 b.
ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalar o’z qiymatini yo’qotib bo’lgan, bu
esa o’z navbatida savdo
-
sotiq, hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi kabi
sohalarning rivoj
lanishiga juda salbiy ta’sir ko’rsatyotgan edi. Xuddi mana shu
vaziyatdan Amir Shohmurod unumli foydalanib, ashtarxoniy Abdulg’ozixon
qo’llab
-
quvvatlashi orqali pul islohotini o’tkazadi. Amir Shohmurod “Amir
Doniyol” nomi ostida ilk tangalarini sof oltin v
a kumushdan zarb ettiradi.
Umuman olganda Amir Shohmurod butun hukmronligi davomida faqat otasi
nomidan tangalar zarb etishni buyurgan, o’z ismini tangalar hamda xutbada
keltirilishini taqiqlab qo’ygan. Abdulg’ozixonning “ruxsati” bilan mang’itlar
sulolasiga tegishli dastlabki tangalarini zarb etishga erishgan Amir Shohmurod
markazlashtirish siyosatini amalga oshirishdagi birinchi dadil qadamni tashladi.
U zarb etgan tangalarni oddiy xalq: hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar,
chorvadorlar, shuningdek unch
alik katta bo’lmagan zodagonlar qatlami ham
mone’lik qilmasdan qabul qildi va tez orada butun amirlik bo’ylab faqat ashrafi
tangalar amalda muomilaga kirdi. Shunday qilib, amirlikdagi ko’pchilik mahalliy
qabilalar mang’itlar sulolasi hukmronligini tan oli
shdi.
Amir Shohmurod otasining ismidan pul zarb etish orqali o’z otasining
siyosatdagi mavqeini oshirgan va shu yo’l bilan mang’itlar sulolasi hukmronligini
mustahkamlashga harakat qilgan. Amir Shohmurod zarb ettirgan barcha
tangalarda “Amir Doniyol” deb
yozilgan, lekin aslini olganda Doniyolbiy amir
emas balki otaliq lavozimida bo’lgan. Amir Shohmurod otasining ismi oldiga amir
so’zini qo’yib pul zarb ettirishi maqsadlaridan biri o’zini amirzoda ekanligini va
shu davlatning qonuniy egasi ekanligini hammaning ongiga singdirish edi.
O’zining nomidan nega tanga zarb etmaganini so’fiylikka sodiqligi bilan izohlash
mumkin. Amir Shohmurodning tangalari mamlakat bo’ylab tez tarqalishiga yana
bir sabab, amir har bir shaxsning kumush tangalarni o’zi mustaqil z
arb qilishiga
sharoit yaratib berishidir. Fuqarolar esa o’z navbatida foiz hisobida bu ishi uchun
davlat xazinasi foydasiga haq to’lashi ham kerak bo’lgan.
3
Amir Shohmurod zarb ettirgan tangalar vazni, yuza o’lchovi, probasi, zarb
etish texnikasi, unda qayd etilgan yozuvlari bilan oldingi eski tangalardan keskin
farq qilgan. Amir Shohmurodning dastlabki tangalari sof kumushdan bo’lgan,
1787-yildan sof oltin tangalar zarb etilib, muomilaga kiritilgan, faqatgina
hukmronligining so’nggi yillarida misdan tanga
lar zarb ettirgan. Amir
Shohmurod davrida zarb etilgan bitta tanganing og’irligi 7/10 misqolni ya’ni 3,36
grammni, yuza o’lchami 9/10 dyum ya’ni 25,4 smni tashkil etgan. Buxoro
3 Эпиграфика Востока, 1967 г., 18 выпуск, Бурнашева Р., "Монеты Бухарского ханства при Мангытах (
середина 18-начало 20 в.)
amirligida oltin tangalar “tillo” yoki “ashrafi”, kumush tangalar “tanga”, m
is
tangalar esa “fulus” yoki “pul” deb atalgan, 1 tillo 22 tangaga, 1 tanga 50 pulga
teng bo’lgan.
4
Amir Shohmurod o’tkazgan pul islohoti natijasida mamlakatning ichki va
tashqi savdosi oldingi davrdan sezilarli darajada ancha o’sdi, bu esa
hunarmandchili
k va qishloq xo’jaligi rivojiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi.
Amir Shohmurod tangalarining ko’p miqdorda zarb etilishi oltin va kumush
tanqisligiga olib keldi, lekin buxorolik savdogarlarning sa’y harakatlari bilan
chetdan katta miqdorda oltin va ku
mush olib kelishi natijasida bu muammo o’z
vaqtida deyarli hal bo’lgan.
Buxoro amirligining iqtisodiyotini ko’targan va savdo munosabatlarning
rivojlanishida muhim rol o’ynagan sohalardan biri bu qishloq xo’jaligi sohasi edi.
Kanallar, inshoot, qal’a, ko’priklar, yo’llar ta’miri hashar
yo’li bilan amalga
oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-
ovqat bilan ta’minlangan. XVIII
asrdan boshlab hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan
kelishi lozim bo’lgan. Lekin Amir S
hohmurod davrida hashar ishlari uchun
xazinadan pul ajratilgan.
O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoro davlatida ham qishloq xo’jaligining taqdiri
sun’iy sug’orishning qanchalik to’g’ri hal etilganligiga bog’liq edi.
Shuning uchun
ham XVIII asrda Amir Shohmurod davrida
sug’orish tarmoqlarining
kengaytirilishiga alohida e’tibor berildi. Zarafshon daryosida Xurmo va Sarazm
nahr(ariq)lari chiqarilgan. Ularning biri to’rt chaqirim, ikkinchisi uch chaqirim
uzunlikda bo’lgan. Yana Urgut tumanini sug’organ
40 chaqirim
uzunlikdagi
Qozonariq, 24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig’i, 24 chaqirim
uzunlikdagi To’g’uzariq qazilgan, hamda Oqdaryo va Qoradaryodan
ham nahrlar chiqarilgan.5
Savdo munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir etgan omillardan yana biri bu
bunyodko
rlik va obodonchilik ishlari bo’ldi.
Doniyolbiy otaliq hukmronligi
davrida vaqf mulklari og’ir ahvolga kelib qolgan edi. Amir Shohmurod taxtga
kelgach, vaqf mulklarini tiklab, uning faoliyatini yo’lga quydi. Uning davrida ko’p
madrasalar, masjidlar va xona
qohlar faoliyati tiklandi, xaroba bo’lib qolgan
maqbaralar va mozorlar obodonlashtirildi.6 Bundan tashqari davlat ahamiyatiga
molik ko’pgina binolar va inshootlar ta’mirlandi.
4 Эпиграфика Востока, 1972 г., 21 выпуск, Бурнашева Р., "Монеты Бухарского ханства при Мангытах
(середина 18-начало 20 в.)
5 Azamat.Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.2001.301-b
6 Azamat.Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.2001.301-b
Amir Shohmurod davrida karvonsaroylar va bozorlarning ta’mirlanishi,
hamda yangi qulay karvonsaroylarning qurilishi, ularning qulay sharoit va
imkoniyatlar bilan ta’minlanishi bu savdo munosabatlarni rivojlantirishdagi eng
muhim ishlardan biri bo’ldi. Bozorlar davlat nazoratiga olindi, bozor masalalari
bilan shug’ullanuvchi alohida muhtasib lavozimi ta’sis etildi.
Ushbu lavozimni
Amir Shohmurodning o’zi ta’sis etgandi.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Amir Shohmurodning
mamlakatni rivojlantirishdagi va savdo-
sotiqning taraqqiy ettirishdagi o’rni va
roli beqiyosdir. Ayniq
sa uning xalq bilan birga bo’lganligi va xalqning dardini
eshita olganligi alohida tahsinga loyiq. U savdo-sotiqdan tashqari boshqa
sohalarni ham rivojlantirishga harakat qilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
Azamat Ziyo
O’zbek davlatchiligi tarixi. T
.2001.
2.
Эпиграфика Востока, 1972 г., 21 выпуск, Бурнашева Р., “Монеты
Бухарского ханства при Мангытах” (середина 18
-
начало 20 в.)
3.
Shamsutdinov R. “Vatan tarixi” 2
-
jild, T.; “Sharq” 2012.
4.
Ziyouz.net.
Dostları ilə paylaş: |