Tarixi salimiy


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 70 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü70 Kb.
#198876
1   2   3   4   5   6   7
99-105

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 
2022 
101
 
Nurota, Boysun, Sherobod, Shahrisabz hokimi boʻlgan. Bu hududlar etnografiyasi, 
tarixi, qadimiy inshootlari va manzillari haqida muhim ma’lumotlar qoldirdi bu esa XX 
asr o‘rtalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, asarda XIX-asr II yarmi - XX-asr boshlaridagi turli tarixiy, siyosiy 
jarayonlar ijtimoiy voqealar tasvirlanadi. Bu davrda boshqa buxorolik mualliflar (A. 
Donish, S. Ayniy, F. Xoʻjaev va boshqalar) asarlarida ham, rus diplomatlari, 
sayohatchilari va harbiylari haqida ma’lumotlar beradilar. Biroq, N. Norqulov 
ta’kidlaganidek, bir qator faktlarni tasvirlashda S. Ayniy, F. Xo‘jayev va boshqa ayrim 
mahalliy mualliflarning xotiralaridan ko‘ra, Salimbek ancha batafsil ma’lumotlar 
keltiradi. 
“Tarixi Salimiy” da Mirzo Salimbek zamondoshlari ijodida uchramaydigan 
ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Bu faqat Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy tarixiga oid ma’lumotlar emas, balki tarixiy geografiya, etnografiya va 
me’morchilik tarixi hamda alohida beklar tarixiga oid ma’lumotlardir. Qo‘lyozma 
muallifi o‘zi guvohi bo‘lgan davr va voqealarni juda jonli, tushunarli tilda tasvirlab 
bergan. “Tarixi Salimiy” asarida juda ko‘p toponim va gidronimlar yozib qoldirilgan 
[Бухорий А.Р. Рахимов К. Мирзо Салимбек колдирган мерос // Мозийдан 
садо,2006. №. Б.43.]. 
Amir Said Olimxon o‘z xotiralarida bir vaqtlar Salimbek (Mirza Salimbek 
parvonachi)ni inglizlar bilan muzokaralar olib borish uchun Chorjo‘yga jo‘natganligi 
ta’kidlagan [Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг хасрати тарихи.Т. : Фан, 
1991, б.16.]. 
“Tarixi Salimiy” qo‘lyozmasida o‘z aksini topgan turli ma’lumotlar va faktlarga 
tanqidiy yondashish zarurligi shubhasiz. Uning muallifi nafaqat o‘zi ko‘rganlarini, 
balki boshqalardan eshitganlarini ham qog‘ozga tushirgan (masalan, Nurotani Iskandar 
Zulqarnayn obod qilgani haqidagi afsona va boshqalar). 
“Maʼlumki, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixini oʻrganish jarayonida anʼanaviy rivoyat 
manbalari bilan bir qatorda oʻtgan tarixiy voqealarning guvohi yoki ishtirokchisi 
boʻlgan mahalliy mualliflarning turli hujjatlari, xotiralari ham katta yordam beradi. 
Asar kundalik xarakteriga ega, uning koʻp qismi amir Olimxon saltanati tarixini 
koʻrsatishga bagʻishlangan. Mirza Salimbek u yoki bu voqeani tasvirlab, unga o‘ziga 
xos tarzda baho beradi, unga munosabat bildiradi. U amir Muzaffar qo‘l ostidagi oddiy 
mirzolikdan tortib, amir Olimxon davrida devonbegi darajasidagi zakotchi boshlig‘i
martabasigacha bo‘lgan xizmat yo‘li haqida batafsil hikoya qiladi. Manbani o‘rganar 
ekanmiz, buxorolik amaldorlar vakillaridan birining hayot yo‘lini ham bilib olamiz. 



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin