Mustaqillikning dastlabki yillarida jizzax viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat



Yüklə 34,62 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü34,62 Kb.
#198879
498-Текст статьи-1212-1-10-20201230



MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA JIZZAX VILOYATIDAGI 
IJTIMOIY-IQTISODIY VAZIYAT 
 
Begimkulov Jurabek, Jizzax davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti (O`zbekiston) 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada tadqiqotchi tomonidan mustaqillikning dastlabki 
yillarida Jizzax viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida yuzaga 
kelgan muammolar ilmiy adabiyotlar, arxiv va statistik ma`lumotlar asosida tahlil qilingan. 
 
Kalit so`zlar: 
mustaqillik, Jizzax, iqtisod, ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish. 
Abstract: 
In this article, the researcher describes the socio-economic situation in Jizzakh 
region during the first years of independence, the problems in the transition to a market 
economy in the region according to the scientific literature, archives and statistics analyzed on 
the basis of data. 
Key words:
independence, Jizzakh, economy, social life, production. 
Аннотация:
В данной статье на основе архивых и статических сведений, освещены 
размищления исследователя о социально-экономической ситуации Джизакской области на 
раннем этапе Незасимости, а также проблемы, возникшие при переходе на рыночную 
экономику. 
Ключевые слова: 
Независимост, Джизак, экономику, социально жизнь, производство. 
O`zbekiston Respublika davlat mustaqilligini qo`lga kiritgach, adolatli ijtimoiy tuzum
jahon hamjamiyatida munosib o`z o`rniga ega, jahon madaniyatiga salmoqli hissa qo`shadigan 
tinchliksevar, iqtisodiy va mana`viy jihatdan yuksak demokratik davlat barpo etishni o`zining 
strategik vazifasi, deb belgiladi. Bu borada davlat nafaqat iqtisodiyot, ijtimoiy va ma`naviy-
madaniy sohalarda islohotlarga bosh bo`ldi. Shuningdek, u o`zini o`zi va jamiyatni ham isloh 
qilishning bosh tashabbuskori bo`ldi. Bu islohotlar talablariga mos davlat va jamiyat 
institutlarining yangilarini shakllantirishda, ularga oyoqqa turib olishda yordam bo`lishda yaqqol 
namoyon bo`ldi. 
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda iqtisodiyotni, ishlab chiqarish munosabatlarini 
ma’muriy-buyruqbozlik va rejali iqtisodiyotdan erkin, bozor iqtisodiyotiga o’tkazish imkoniyati 
vujudga keldi. Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
maqsadida iqtisodiyotni isloh qilish jaroyoni boshlandi. Mazkur islohotlarga O’zbekiston 
Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va qarorlari huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikamizda, shu jumladan Jizzax viloyatida ham qator 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar to`planib qolgan bo`lib, bu esa islohotlarni amalga oshirish 
jarayoni murakkablashtirdi. 
Mustaqillikning dastlabki 1991-1992-yillarida Jizzax viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatga baho berish uchun arxiv ma`lumotlarini o`rganar ekanmiz, islohotlarni amalga oshirish 
jarayoni ancha murakkab kechganligiga guvoh bo`lamiz. “Xalq deputatlari viloyat Kengashi, 
qurilish, qurilish ashyolari sanoati, yo`l qurilishi, uy-joy, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish 
masalalari bo`yicha doimiy komissiya” xisobotida doimiy komissiya a`zolari tomonidan amalga 
oshirgan ishlar bilan bir qatorda, yo`l qo`yilgan bir qator kamchiliklar sanab o`tiladi. Jumladan, 
xisobotda viloyat boshqaruvining avval Kengashlarga, keyin hokimlarga berilishi komissiya 
ishini sustlashtirib yuborgani, oqibatda komissiya a`zolari yig`ilishlarda to`liq qatnashmaganligi, 
qatnashganlari ham aniq taklif va mulohazalar bilan kam ishtirok etganligi, qabul qilingan 
qarorlarning bajarilishini o`z vaqtida to`liq nazorat qila olmaganligi ta`kidlanadi[2, 76-b]. 
Mavjud muammolarga qaramasdan, 1991-yilda viloyatda 356,7 mln. so`mlik kapital mablag` 
o`zlashtirilib, 203,5 mln. so`mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan bo`lib, bu rejaga nisbatan 89 
va 84 %ni tashkil etgan. Shu davr mobaynida 255 ming kv metr uy-joy foydalanishga 
topshirilgan bo`lsa, shundan 146 ming kv.m shaxsiy uy-joylar tashkil etdi. Shuningdek, 5900 
o`quvchiga mo`ljallangan maktablar, 1335 o`rinli bolalar bog`chasi, 157 o`rinli shifoxonalar, 
soatiga 5 kishi qabul qiladigan poliklinika, 287 km elektr tarmoqlari qurib foydalanishga 
topshirilgan[5, 363-b]. 


Bundan tashqari sutkasiga 300 tonna un ishlab chiqaradigan Do`stlik shahridagi 
kombinat, Uchquloch rudani maydalab-saralash moslamasi, O`smat g`isht zavodi, Jizzax 
xo`jaligi bug` qozoni, 4 ta issiqxona, G`allaorol konserva zavodi, bolalar va o`smirlar sport 
maktabi, Jizzax shaxridagi oziq-ovqat omborxonasi, 1 ming tonna maxsulot saqlanadigan Jizzax 
tumanidagi omborxona va boshqa bir qancha ob`ektlar foydalanishga topshirilgan. 1992 yilning I 
yarim yili mobaynida viloyat bo`yicha 376,9 mln so`m kapital mablag`lar o`zlashtirildi, qurilish-
montaj ishlari 190,1 million so`mga bajarilib, 132,9 million so`mlik asosiy fondlar ishga 
tushirilgan[2, 78-b].
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq Ittifoqdagi iqtisodiy aloqalarning uzilishi 
hamda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida narx-navolarning keskin ko`tarilishi Jizzax viloyatida 
eng muhim qurilishlardan biri bo`lgan uy-joy masalasiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatdi. 
Faqatgina 1992 yilning I yarmida 61,4 ming kv. metr uy-joy qurilishi rejalashtirilgan bo`lib, 
rejaga nisbatan 38ming kv.metrga kam bajarildi. Bundan tashqari 1992 yilda rejaga nisbatan 60 
o`rinli bolalar bog`chasi kam qurilgan. Viloyat bo`yicha atigi 6300 o`rinli maktab, 1270 o`rinli 
bolalar bog`chasi, 200 o`ringa mo`ljallangan shifoxona qurilishi rejalashtirilgan[2, 79-b]. 1991-
yil ma`lumotiga ko`ra Jizzax viloyati aholisi soni 792,2 ming kishini, 1992 yilda 818,9 ming 
kishiga yetganligi hamda 1 km kv ga o`rtacha 40 kishi to`g`ri kelganligini xisobga olsak, bu 
mavjud talabga nisbatan juda xam oz miqdorni tashkil etganligi ma`lum bo`ladi[1].
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar uzilishlar 
boshlanib, sanoat korxonalarida ish sur`atlari sentyabr oyidayoq orqaga keta boshladi. 1992-
yilning boshlarida bozorda qimmatlashib borayotgan narx-navoni hisobga olib hukumat 
o`quvchilar, talabalar, yolg`iz keksalar va mehnatkashlarning umumiy ovqatlanishini tashkil 
etish haqida qaror qabul qildi. Bunga qo`shimcha, chakana narxlarning miqdori, shu jumladan, 
nonning cheklangan narxini oshirmaslik joriy etildi. Natijada oradan ikki-uch oy o`tib, asosan 
apreldan chakana narxlar biroz arzonlashdi[4, 23-b]. 1992-yilning boshlarida viloyatda 40 mln 
dona g`isht ishlab chiqarilgan bo`lib, bu joriy talabga nisbatan 4-5 barobar kam edi. Davlat 
tomonidan qurilishga yetarli mablag` ajratilishi qiyin kechayotgan vaziyatda qurilishi 
rejalashtirilgan maktablar, bog`chalar va shifoxonalarni korxona va tashkilotlar, xo`jaliklar 
xisobidan qurish hamda mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish 
haqidagi takliflar ham ilgari surilgan edi[2, 80-b]. 
Respublika Prezidentining 1990 yil 28 iyul “O`zbekiston SSR qishloq aholisini ichimlik 
suv va tabiiy gaz bilan ta`minlanishini yaxshilash to`g`risida”gi farmoni qabul qilingan bo`lib, 
mazkur farmon asosida viloyatda 3 yillik dastur ishlab chiqilgan edi. Dasturga asosan 1992-yilga 
qadar 288 km suv, 427 km gaz tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirilgan bo`lib, ja`mi 7300 
xonadon gazlashtirilgan. Bunda ayniqsa Jizzax cho`l qurilish tresti, agrosanoat qurilish 
birlashmasi, Suvoqova boshqarmasi, Mirzacho`l, G`allaorol, Zarbdor tumanlari o`zaro maxsulot 
ayirboshlash evaziga ko`plab texnika, quvurlar, uskunalar keltirib, ko`pgina ijobiy ishlarni 
amalga oshirgan. Ammo boshqa tumanlarda esa bu ishlarda sustkashlikka yo`l qo`yilgan. 
Bundan tashqari, 1992-yilda kapital mablag`larning tanqisligi, narx-navoning keskin ko`tarilib 
ketishi, qo`shni respublikalar bilan tuzilgan shartnomalarning amalga oshmay qolganligi tufayli 
xam rejalashtirilgan 300 km gaz tarmoqlari 5 barobar, 200 km suv tarmoqlari 4 barobar 
kamaytirilgan. Natijada 6 oy mobaynida viloyat bo`yicha faqatgina 31 km ichimlik suvi, 36 km 
gaz tarmoqlari qurildi.
1992-yilga kelib viloyat aholisining ko`pchilik qismi, aniqrog`i 573 ming kishi yoki 71 
foizi qishloqlarda istiqomat qilar edi[3, 12-b]. Bunday sharoitida qishloq aholisini toza va sifatli 
ichimlik suvi bilan ta`minlashda qator muammolar ham mavjud edi. Jumladan, Baxmal tumanida 
Yangi Udamali-O`smat suv uzatish quvuri qurilishiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan ruxsat 
berilgan bo`lsada, qurilish ishlari mablag` yo`qligidan 1992-yilgi rejaga kiritilmagan. Bundan 
tashqari, Paxtakor, Do`stlik, Mirzacho`l, Oktyabr (Zafarobod) va Arnasoy tumanlarini ichimlik 
suvi bilan ta`minlovchi “Sanzar-Selskiy” suv inshooti 1960-yillarda qurilgan bo`lib, yaroqsiz 
holga kelib qolgan edi.


Shunday qiyin vaziyatda Forish, Mirzacho`l, G`allaorol tumanlari xo`jaliklari viloyat 
“Don mahsulotlari” boshqarmasi rahbarlari tadbirkorlik bilan ish yuritib, aholini ichimlik suvi va 
tabiiy gaz bilan ta`minlashda bir muncha ijobiy yutuqlarni qo`lga kiritganlar. Shuningdek, 
Paxtakor shahrida bolalar madaniyat va istirohat bog`i foydalanishga topshirilgan bo`lsa, mazkur 
tumanda 1992-yilning I yarmida 376,4 ming so`mlik obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. 
Viloyatda o`z davrida yagona bo`lgan umumiy xavzasi 800 m3 bo`lgan yopiq suzish xavzasi 
qurilishi bilan birga Jizzax tumani bo`yicha 2,0 mln so`mlik yo`llarni ta`mirlash ishlari bajarildi. 
Bundan tashqari, G`allaorol shahrini obodonlashtirish va ko`chalarni ta`mirlash uchun 166,0 
ming so`m, shaharni ko`kalamzorlashtirish ishlari uchun esa 22,0 ming so`m mablag`lar 
sarflangan. Shuningdek, tumanda 1991-yili 12 km yangi yo`l qurilib foydalanishga topshirilib, 
355 ming so`mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan[2,89-b]. 
Xulosa qilib aytganda mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bozor 
iqtisodiyotiga o`tish jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish 
bilan bog`liq murakkab jarayonlarni boshdan kechirdi.
Kapital mablag`larning tanqisligi, narx-navoning keskin ko`tarilib ketishi, qo`shni respublikalar 
bilan tuzilgan shartnomalarning amalga oshmay qolishi tufayli xam rejalashtirilgan ijtimoiy 
obyektlar qurilishi jarayonini qiyinlashtirdi. Bunday sharoitda hukumat tomonidan aholini 
ijtimoiy himoyalash bilan bo`g`liq zarur choralarni ko`rib borilishi bozor iqtisodiyotiga o`tish 
jarayonini yengillashtirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Jizzax viloyati statistika boshqarmasi materiallari.
2. Jizzax viloyati davlat arxivi 13 fond, 1 ro`yhat, 5 jild. 75-93-betlar. 
3. Olimov O`., Xaydarov H. Jizzax viloyati.Jizzax. 1992. 
4. Nosirov O`. Istiqlolim - istiqbolim. Toshkent. 2007.
5. Begimkulov J. Important changes in the social and economic life of Uzbekistan during the 
years of independence (on the example of jizzakh region). EPRA International Journal of 
Research & Development (IJRD). SJIR Impact factor: 7.001 September, 2020.

Yüklə 34,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin