Enteral zond orqali ozuqalantirish
Peritonitli bemorlarni davolashda parenteral ozuqalantirish uchun
qo’llaniladigan vositalarning soni juda ko’p, biroq ulardan foydalanishda bir
qancha qiyinchiliklar uchraydi. Bularga chuqur venalarni kateterlash bilan
bog’liq asoratlar (venada kateterning uzoq vaqt turib qolishiga bog’liq
yallig’lanish va septik jarayonlar), allergik reaktsiyalar kiradi.
Bevosita parenteral infuzion muolajani o’tkazish vaqtida, uning tarkibiy
qismlarining zarur miqdori va sifat tarkibini to’g’ri hisoblash murakkab
566
tekshiruvlar o’tkazishni talab qiladi, hamda qiyinchiliklar tug’diradi. Bular
qilinmasa, parenteral ozuqalantirish organizmda sodir bo’layotgan jarayonlarni
boshqarish qobiliyatini amalda yo’qotadi.
Shunday qilib, amaliy jarrohlik uchun bemor organizmining energetik
talabini qondirish va plastik materiallarga bo’lgan ehtiyojlarini qoplashning
birmuncha soddaroq, fiziologik va xavfsizroq usullarini izlab topish, eng dolzarb
masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Keyingi yillarda bemor organizmida modda almashinuvi jarayonining
buzilishlarini bartaraf etish, hamda operatsiyadan keyingi yaqin davrda
organizmining energetik talabini qondirish va plastik materiallarga bo’lgan
ehtiyojlarini qoplash maqsadida, operatsiya vaqtida bevosita burun yo’llari
orqali ingichka ichakka o’tkazilgan zond vositasida ozuqa moddalarini yuborish
– enteral zond orqali ozuqalantirish (EZOO), keng qo’llanilayotgani haqida
ko’plab tadqiqot ishlari paydo bo’ldi. Biroq, bu usul qator afzalliklarga egaligiga
qaramay, hanuzgacha klinikada keng qo’llanilmayapti. Buning bir necha
sabablari bor. Ulardan biri enteral zond orqali ozuqalantirish (EZOO) uchun
oziqli aralashmaning optimal tarkibiga doir aniq tushunchalar yo’qligi,
ikkinchisi bu xastalikda me’da va ichak faoliyatining sustligi, hamda ozuqani
hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar etishmovchiligidir.
Ilmiy adabiyotlarning tahlili, ingichka ichakka yuboriladigan ozuqa
vositalari tarkibiga nisbatan bir biridan farq qiladigan ikkita yondoshuvni
aniqlashga imkon beradi.
S.I. Spasokukotskiy (1933) taklif qilgan birinchi endoshuv etarli miqdorda
oqsil saqlaydigan tabiiy mahsulotlardan engil hazm bo’ladigan moddalarni
yuborishdan iborat (bulon, tuxum, qaymoq, sharbatlar va b.) (E.K. Kurapov,
1974, M.I. Yatsentyuk, 1974). Bu ozuqa aralashmalari tayinlangan bemorlarning
asosiy qismi – me’da-ichak faoliyatida jiddiy buzilishlar bo’lmagan rak yoki
yara kasalligi bo’yicha me’da rezektsiyasi operatsiyasini o’tkazgan bemorlardan
tashkil qilganligini ta’kidlab o’tish lozim.
567
Ayni vaqtda ko’pgina olimlar (Yu.M. Galperin, 1975, T.S. Popova, 1973,
A.A. Shalimov, 1977) peritonitda, ichak atoniyasi ro’y berishini va uning
negizida me’da-ichak sistemasining nafaqat motor, balki sekretor va so’rish
qobiliyatining buzilishi ichak qovuzloqlari ichida katta miqdorda el va suyuqlik
yig’ilishiga olib kelishi bilan birga qo’shilib kelgan buzilishlari yotadi. Bu esa,
o’z navbatida ichaklarning cho’zilib kengayishiga, undagi buzilishlarning
chuqurlashuviga olib keladi. Bunday sharoitlarda katabolik buzilishlarni
ingichka ichakka ovqat moddalarni kiritish yo’li bilan bartaraf etishga urinish
faqat muvaffaqiyatsiz bo’libgina qolmay, balki operatsiyadan so’nggi davr
kechishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, be’mor holatini og’irlashtirishi ham mumkin.
Keng tarqalgan ikkinchi usulning zamirida operatsiyadan keyingi ilk
davrda, avvaldan gidrolizlangan polimerlarni EZOO sifatida ishlatish
to’g’risidagi tushuncha yotadi. Bu, ma’lum muhitda vena qon tomiriga
yuboriladigan parenteral ozuqa moddalarini EZOO uchun ichakka yuborib,
ozuqa sifatida foydalanish nazarda tutiladi. Biroq, bu toifadagi ozuqa
moddalarini (faqat monomerlar tarzida) ingichka ichak bo’shlig’iga yuborish,
uning osmotik bosimi yuqoriligi (2000-3000 mosm.) hisobiga ichakda so’rilish
sur’atining o’ta pastligi yoki chegaralanganli, bu eritmalarni kiritish sur’atining
oshirilishi – ko’ngil aynish, qayt qilish, diareya singari qator asoratlarga sabab
bo’lishi aniqlandi. Bu asoratlar birinchi galda monomer eritmalarning suv-tuz
almashinuvi buzilishiga olib keladigan giperosmolyarligi bilan bog’liq bo’lgan.
Bunda, asoratlar vujudga keltirmaydigan elementli aralashmalarning maksimal
hajmi sutka mobaynida 1-1,5 litrga etadi. Monomer ozuqa moddalarining
kontsentratsiyasi pasaytirilishi hisobiga aralashmaning suyuqlashishi, nafaqat
uning hajmini ko’payishiga, balki uning energetik qiymatining pasayishiga olib
keladi. Bu sharoitda, EZOO – organizmning ichki muhitiga tushadigan ozuqa
moddalarining umumiy miqdori, uning energetik va plastik ehtiyojlarini qoplash
uchun etarlicha bo’lmaydi, natijada bir vaqtning o’zida parenteral
ozuqalantirishni yanada kuchaytirish zarurati paydo bo’ladi.
568
O’tkir xirurgik patologiyalarda metabolik buzilishlarni bartaraf etish
muammosini hal qilishning yangi istiqbolli yo’nalishlaridan biri – Rossiyaning
N.V. Sklifosovskiy nomidagi Shoshilinch Tez Yordam Ilmiy Tekshirish Instituti
(ShTYoITI) eksperimental patologiya laboratoriyasida (Yu.M. Galperin, T.S.
Popovalar rahbarligida), hazm qilish jarayonlari bosqichlarini chuqur
o’rganishlar negizida ishlab chiqilgan ozuqa aralashmalari, EZOO da yangi
yo’nalish hisoblanadi. Bu yo’nalish, nafaqat ozuqa moddalarining yangi
turlarini, balki EZOO da ularni kiritish usullari, uning samaradorligini o’rganish
yo’llarini taklif etdi. Hozirda, jahon miqyosida taklif etilayotgan ozuqa
moddalarining (Perative, Nutrien standart, Nutrien pulmo va b.), shu yo’nalish
asosida ishlab chiqilgan desak bo’ladi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda to’la
qonli EZOO o’tkazish uchun qo’yidagi sharoitlar mavjud bo’lishi zarur:
1.
Ichakni EZOO o’tkazishga tayyorlash.
2.
Enteral muhitning doimiyligini hisobga olgan holda, unga qisman
ishlov berilgan (gidrolizlangan) ozuqa aralashmalarining optimal
tarkibini tanlash.
3.
Texnik vositalari (nasoslar, zondlar va b.) bilan ta’minlash.
4.
Ozuqa aralashmalarini etkazish usuli.
5.
Ichakning hazm qilish va so’rish qobiliyatini tiklanganligini aniqlash
(test usuli).
Dostları ilə paylaş: |