Maxsus tekshirish usullari. To’liq klinik diagnoz (tashxis) qo’yish,
gemodinamika holatini aniqlash, yurak miokardi qisqarishi faoliyatini izdan
chiqish (buzilish) darajasini aniqlash uchun, odatda quyidagi tekshiruv usullari
qo’llaniladi:
I. Noinvaziv tekshiruv usullari: exokardiografiya, rentgenografiya,
kompyuter tomografiya (KT), magnit-rezonansli tomografiya (MRT).
Ultratovush tekshiruv yordamida (exokardiografiya) yurak to’sig’i, yurak
klapanlari nuqsonlarini diagnostika qilish, miokard qisqarish funktsiyasi
buzilishlarini aniqlash, yurak ichi va markaziy gemodinamika xolatini aniqlash
imkonini beradi.
Ko’krak qafasi rentgenografiyasi diagnostik usul sifatida keng qo’llaniladi,
albatta bu tekshiruv 3 proektsiyada, qizilo’ngachni kontrastlagan holda
bajarishili shart: to’g’ri, chap va o’ng qiyshiq pozitsiyalarda.
KT va MRT yuqoridagi tekshiruv usullarini to’ldiradi.
78
II. Invaziv tekshiruv usullari:
Yurak bo’shliqlarini Seldinger usulida kateterlar yordamida zondlash. Zond
yuborishning uchta usuli farq qilinadi: venoz, arterial va yurakni igna orqali
punktsiya qilish. Tekshirishda yurak bo’shliqlaridagi bosim o’lchanadi, qon gaz
tarkibiga baho beriladi va ventrikulografiya bajariladi (16-rasm).
a b
16-rasm. Yurakning o’ng qismini (a) va chap qorinchani (b) zondlash.
Selektiv koronarografiya – yurakning toj arteriyalariga kontrast modda
yuborib, uning o’tkazuvchanligini aniqlash va baho berishga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |