Birlamchi perikarditlar va ko’krak qafasi a’zolari kasalliklarining oqibati sifatida
95
paydo bo’ladigan ikkilamchi perikarditlar farqlanadi. Perikarditlar klinik
kechishi bo’yicha o’tkir va surunkali turlarga bo’linadi.
O’tkir perikarditlar. A’zolarning og’ir yallig’lanishi kasalliklarida yoki
sepsisda paydo bo’ladigan ikkilamchi perikarditlar ko’proq uchratiladi. Ba’zida
esa, o’tkir perikarditga jarohatlar, revmatizm, sil kasalliklari sababchi bo’ladi.
Fibrinoz (quruq) perikardit perikardning vistseral va parietal varaqlarida
fibrin tolalarining yig’ilishi bilan ta’riflanadi.
Kasallikning asosiy belgilari – yurak sohasidagi sanchiydigan va keskin
og’riqlar bo’lib, ular chuqur nafas olganda va yo’talda kuchayadi, taxikardiya,
nafas olishning tezlashuvi, tana haroratining qisqa fursatga ko’tarilishi
hisoblanadi. Auskultatsiyada dag’al xususiyatga ega bo’lgan perikard
ishqalanishi shovqini aniqlanadi, u yurak qisqarishlari bilan sinxron ravishda
eshitiladi,
oldinga
engashilganda
kuchayib,
nafasni
tutib
turilganda
yo’qolmaydi.
EKGda miokard subendokardial qavatida qon aylanishi buzilganidan
dalolat beradigan o’zgarishlar qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: