Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

320-modda. Kursdagi farqlarga soliq 
solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(1-q.)
Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkni (bundan chet el valyutasida ifodalangan 
qimmatli qogʻozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-
mulkni qoʻshimcha baholashda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning 
qiymatini pasaytirishda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi ijobiy 
farq deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkning (bundan chet el valyutasida 
ifodalangan qimmatli qogʻozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish 
tarzidagi mol-mulkning qiymatini pasaytirishda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan 
majburiyatlarni qoʻshimcha baholashda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida 
kursdagi salbiy farq deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Koʻrsatilgan qiymatni qoʻshimcha baholash yoki pasaytirish chet el valyutasi rasmiy 
kursining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan Oʻzbekiston 
Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan oʻzgarishi yoxud chet el valyutasi (shartli pul birliklari) 
kursining qonunchilikda yoki taraflarning bitimida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi milliy 
valyutasiga nisbatan oʻzgarishi munosabati bilan amalga oshirilgan taqdirda, agar ushbu chet el 
valyutasida (shartli pul birliklarida) ifodalangan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida 
toʻlanishi lozim boʻlgan talablarning (majburiyatlarning) qiymati tegishincha taraflarning 
qonunchiligida yoki bitimida belgilangan kurs boʻyicha aniqlansa, ushbu modda qoidalari 
qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Kursdagi ijobiy farq jami daromad tarkibiga, kursdagi salbiy farq - xarajatlar tarkibiga 
kiritiladi. 
(5-q.)
Berilgan (olingan) boʻnaklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy 
(salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin