3) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda
uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy,
bogʻdorchilik, bogʻ-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa
ixtisoslashgan isteʼmolchilar kooperativlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy mulkni
taʼmirlash, mukammal taʼmirlash uchun ularning aʼzolari tomonidan
zaxira shakllantirishga
ajratmalar;
4) notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma boʻyicha meros tartibida oʻtadigan mol-mulk;
5) notijorat tashkilotlarning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan
budjet mablagʻlari;
6) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablagʻlar va boshqa mol-mulk;
7) kasaba uyushmasi tashkilotlariga kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustavlarida nazarda
tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun jamoa shartnomalariga
(kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablagʻlar;
8) notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, ustavda
belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq
ular tomonidan tuzilgan
soliq toʻlovchi boʻlgan tarkibiy boʻlinmalardan bepul olingan mablagʻlar;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
9) ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan
olingan mol-mulk;
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ular ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish
uchun davlat hokimiyati organlarining qarorlariga binoan olingan
davlat mulkidan bepul
foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar.
Dostları ilə paylaş: