qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo
shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan boʻlsa va agar
REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi
qismiga doir majburiyatlar
bajarilgan sanadan eʼtiboran bir yil ichida bajarilgan boʻlsa, REPO operatsiyalari deb eʼtirof
etiladi.
(8-q.)
Qimmatli qogʻozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring
tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning
ikkinchi qismi bajarilishi sanasining qimmatli qogʻozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining
(birjaning) yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga
oshiriladigan har qanday
oʻzgartirilishi ushbu modda maqsadida REPO muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chogʻida
aniqlanadi va u qatʼiy belgilangan yoki hisob-kitobli boʻlishi mumkin.
(10-q.)
REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash
imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
(11-q.)
Agar REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishga
(sotib olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida toʻliq yoki qisman
bajarilmasa va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili oʻtkazilmasa, REPOning ikkinchi
qismi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, lozim
darajada bajarilmagan deb eʼtirof etiladi.
(12-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini toʻliq bajarmaslik
deb eʼtirof etilmaydi:
1) REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini
bajarishning taraflar tomonidan kelishgan sanasidan eʼtiboran oʻn
kun ichida bajarish;
2) majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yoʻli bilan bajarish
(tugatish):
a) agar bunday talablar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet
davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan
shartnomalarning namunaviy shartlariga mos boʻlgan bosh kelishuv (yagona shartnoma) shartlari
asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish
netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi kichik band)
b) agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining
shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa.
Bunda muqobil talablarni
hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa.
(13-q.)
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi
soliq solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim.
(14-q.)
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq toʻlovchi
tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi:
1) repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qoʻyiladigan talablarga va (yoki) REPO
operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganda;
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) repo shartnomasi bekor qilinganda;
3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda.
(15-q.)
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash
uchun asos boʻlgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi.
(16-q.)
REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida
qayta tavsiflash chogʻidagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: