Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Moliyaviy ijara va lizing



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

54-modda. Moliyaviy ijara va lizing 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma boʻyicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) 
oʻn ikki oydan koʻp muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chogʻida yuzaga keladigan 
ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb eʼtirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi 
talablardan hech boʻlmaganda bittasiga javob berishi kerak: 
1) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining 
mulkiga oʻtkazilsa; 
2) moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish 
muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi 
tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa; 
3) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini 
moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qatʼiy narx boʻyicha haqini toʻlab olish huquqiga 
ega boʻlsa; 
4) moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara toʻlovlarining joriy 
diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 
foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka 
muvofiq aniqlanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(2-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb eʼtirof etilib, 
bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga koʻra uchinchi 
tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi boʻyicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) 
oladi hamda uni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan 
shartnoma boʻyicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks maqsadi uchun moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi boʻlgan 
ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin