guruhi masʼul ishtirokchisining huquqlari
va majburiyatlari
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi
ushbu
Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu
moddada belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi, agar ushbu
Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan
guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda soligʻini
toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz
zimmasiga oladi.
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi quyidagi
huquqlarga ega:
1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab
chiqarish va toʻlash yuzasidan har qanday
tushuntirishlarni taqdim etish;
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi
munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida boʻlinmalari
joylashgan yerda oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditi oʻtkazilayotganda
ishtirok etish;
3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi
munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari hujjatlarining va soliq tekshiruvlarining
natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning koʻchirma nusxalarini olish.
Shuningdek foyda soligʻini (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni hamda soliq
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni olish;
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash
munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati qoʻshimcha
tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organining
rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish;
5) soliq organlaridan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhi ishtirokchilari
toʻgʻrisidagi soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish;
6) soliq organlarining va boshqa vakolatli organlarning hujjatlari, ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, shu jumladan soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ular tomonidan
majburiyatlarning bajarilishi (huquqlarning amalga oshirilishi) munosabati bilan soliq toʻlovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining ayrim ishtirokchilari manfaatlarini koʻzlab belgilangan
tartibda
shikoyat qilish;
7) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda
soligʻini hisobga olish (qaytarish) toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat etish.
(4-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi:
1) soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda roʻyxatdan
oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi
shartnomani, ushbu shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni, soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni yoki bildirish xatini taqdim
etishi;
2) ushbu Kodeksning XII boʻlimida belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisobini yuritishi, foyda soligʻini (boʻnak
va joriy
toʻlovlarni) hisoblab chiqarishi va toʻlashi;
3) soliq organiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi
boʻyicha soliq hisobotini, shuningdek mazkur guruhning boshqa ishtirokchilaridan olingan
hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi;
4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgan taqdirda, ushbu
guruh ishtirokchilariga foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash
hamda tegishli hisobot hamda soliq davrlari uchun soliq hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan
maʼlumotlarni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi
shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etishi. Soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda bunday
maʼlumotlar
ushbu
konsolidatsiyalashgan
guruhning
boshqa
ishtirokchilariga
va
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan yuridik shaxslarga xuddi shunday tartibda
taqdim etiladi;
5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini
toʻlovchining majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq
qarzini uzishi;
6) soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olinganligi haqida u olingan kundan eʼtiboran
besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarini xabardor
qilishi;
7) soliq organlari tomonidan soliq nazorati amalga oshirilishi hamda soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi
uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, izohlarni va boshqa axborotni soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan
talab qilib olishi;
8) ushbu konsolidatsiyalashgan guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan
oʻtkazgan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari doirasida talab qilingan, soliq
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha boshlangʻich hujjatlarni,
soliq hisobi
registrlarini va boshqa axborotni taqdim etishi shart.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta
yuridik shaxs chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisi:
1) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining foyda soligʻi boʻyicha yuridik
shaxslar konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan soliq davri boshlanishidan soliq
hisobiga tegishli oʻzgartishlar
kiritishi;
2) tugagan hisobot davrlari boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan boʻnak va joriy toʻlovlarni
qaytadan hisoblashni amalga oshirishi va hisobda turgan joyidagi soliq organiga soliq
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir aniqlashtirilgan soliq
hisobotini taqdim etishi shart.
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻziga
berilgan vakolatlar doirasida soliq toʻlovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa
huquqlariga ega boʻladi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻladi.
Dostları ilə paylaş: