(5-q.)
Soliqni toʻlash soliqning toʻliq summasi boʻyicha yoki ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi.
(6-q.)
Agar soliq boʻyicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa,
ulardan har
birining natijalari boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlanadi. Joriy toʻlovlarni toʻlash majburiyati soliqni
toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi.
(7-q.)
Alohida soliq turlari uchun boʻnak toʻlovlari nazarda tutilishi mumkin. Boʻnak
toʻlovlarini toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi.
(8-q.)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz
shaklda toʻlaydi.
(9-q.)
Soliqlar va yigʻimlarni turlari boʻyicha hisoblab chiqarish tartibi hamda toʻlash
muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
75-modda. Soliq imtiyozlari
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki
ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliq imtiyozlari deb eʼtirof etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-
y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish (boʻlib-boʻlib
toʻlash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
(3-q.)
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
(4-q.)
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas.
(5-q.)
Ayrim soliqlar boʻyicha
soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi
solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi yer
qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta
soligʻidan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin
koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
(OʻzR
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar
soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ularning
butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz
kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida toʻxtatib turishga haqli,
bundan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish
mustasno.
(7-q.)
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga
yoʻnaltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlar maqsadli ishlatilmagan taqdirda
maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga
undirilishi lozim. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshagan va mazkur
imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablagʻlar summasi berilgan imtiyozlarning
amal qilish muddati tugaganidan soʻng bir yil davomida ularni
taqdim etishda belgilangan
maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan
mablagʻlar budjetga oʻtkazilishi lozim.
(8-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni
aniq maqsadlarga yoʻnaltirish
sharti bilan, berilishi mumkin emas.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston
Respublikasi
Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashdan ozod
etiladi, bundan ijtimoiy soliq va Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida)
toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno.
(10-q.)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va
viloyatlar xalq deputatlari
Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer
uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan soliq stavkalarini
belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(11-q.)
Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini
toʻlashdan toʻliq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar
mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida toʻlaydi.
(OʻzR
05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism
deb hisoblansin
(12-q.)
Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan
axborot tizimlaridan
foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda
amalga oshiriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Dostları ilə paylaş: