76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish
va hisob hujjatlari
(1-q.)
Soliq solish obyektlari va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi
axborotni umumlashtirish
hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yigʻimlarni
hisoblab
chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq toʻlovchi
yoki soliq agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb
eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni
aniqlash, shuningdek soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan boshlangʻich
hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
(3-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa,
soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga asoslanadi.
Buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi
qonunchilik bilan belgilanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq
zimmasiga buxgalteriya
hisobini yuritish majburiyati yuklatilmagan shaxslar soliq solish maqsadlarida hisobga olishni
ushbu bobga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni
tahriridagi qism)
(5-q.)
Soliq solish maqsadlarida hisobga olishga nisbatan soliq organlarining axborot
tizimlaridan majburiy foydalanishga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanishi mumkin.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Dostları ilə paylaş: