(11-q.)
Soliq hisoboti, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.
(12-q.)
Soliq toʻlovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida koʻrsatilgan
maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlab, unga imzo qoʻyadi.
(13-q.)
Agar soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini soliq
toʻlovchining vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi. Bunda
soliq hisobotiga ushbu vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning
koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
(14-q.)
Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga boʻlgan
vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali
elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
(15-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim
etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(16-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga
muvofiq soliq hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va
boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: